309
e'tibor bilan qarashlari, o’zlarida ijobiy xarakter xislatlarini
har doim tarbiyalab
borishlari lozim.
Bolalarda ijobiy, irodaviy va axloqiy sifatlarni tarbiyalab yetkazmoq uchun
ota-onalar va tarbiyachilarning o’zlari bunday sifatlarga ega bo’lishlari lozim.
Xarakterning o’sishida tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalashning roli katta. o’sib
kelayotgan yosh avlodning xarakteri, avvalo oilada va maktabda tarbiyalanadi.
Bolalarning xarakterini tarbiyalashda katta ma'suliyatli vazifa ota-onalar,
o’qituvchilar va bolalar bog’chasi tarbiyachilari zimmasiga tushadi. Xarakterni
tarbiyalashda pedagog bolaning temperamenti ijobiy va
salbiy tomonlarini yaxshi
bilishi lozim. Xarakterni
tarbiyalash, jumladan, temperamentning ijobiy
tomonlarini o’stirishdan, uning salbiy tomonlarini yo’qotishdan va bu salbiy
tomonlarni xarakterning ijobiy xislatlari bilan almashtirishdan iborat. Xarakterning
salbiy
tomonlarini
yo’qotish,
ijobiy
tomonlarini
tarbiyalash
uchun
tarbiyalanuvchining o’z temperamentini o’zi idora qilishiga o’rgatishi lozim. o’z
temperamentini idora qila bilish xarakterning ijobiy xislatidir.
Bola xarakterining tarkib topishida jamoaning tarbiyalovchi
roli nihoyatda
katta. Inson yakka, bir-biridan ajralgan tarzda hayot kechirmaydi, muayyan
jamoada, ya'ni muayyan oilada, maktabda, sexda va hokazolarda hayot kechiradi.
Jamoa shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi bog’lovchi bo’g’indir. Har bir o’qituvchi va
tarbiyachi bola xarakterining ayrim xislatlarini tarbiyalashda
faqat jamoa orqali
ta'sir qilib, ijobiy natijalarga erishishi mumkin.
Xarakterning tashabbuskorlik, qat'iyatlilik, dadillik, sabotlilik singari ijobiy
xislatlari bolalar bog’chasida o’yin faoliyatida tarkib topa boshlaydi. To’g’ri
uyushtirilgan maktab jamoasi sharoitida o’quvchilarda uyushqoqlik, intizom,
saranjom-sarishtalik, o’z-o’zini tuta bilish, o’zini idora qilish, o’ziga nisbatan
talabchan bo’lish kabi xarakter xislatlari tarbiyalanib yetishadi. Kishi jamoada bir-
bir bilan aloqa qilish jarayonida boshqalarning va o’zining xarakter xususiyatlarini
bilib oladi. Xarakterni bir xili ijobiy, boshqa bir xili salbiy ekanligini ajratib oladi.
Bunday sharoit kishini o’z xarakterini o’zi tarbiyalash, jumladan, o’z xarakterini
qaytadan tarbiyalashni yo’lga soladi.
Har bir kishi ma'lum yoshdan boshlab o’z xarakteri va uning sifatlari uchun
o’zi javobgardir. o’z xarakterini tarbiyalashda kishi avvalo yaxshi fazilatlarini
ko’zda tutmog’i lozim. o’z kamchiliklariga iqror bo’lish kamchiliklarini
yo’qotishga boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: