miya dastasi
yoki
miya stvoli
deb ataladi.
Bosh miya va uning tuzilmasi
Oldingi miya
va uning po‟sti bosh miyaning oliy qismlaridir. Hayvon biologik
taraqqiyot bosqichining qancha yuqorisida tursa, oldingi miyasi bosh miyaning
boshqa qismlariga nisbatan o‟shancha ko‟prok joy egallaydi. Oldingi miya ikkita
yarim shardan – o‟ng va chap yarim sharlardan iborat. Bosh miyaning peshana
bo‟ladigan ensa bo‟lagiga qarab boradigan katta egat bu yarim sharlarni bir-
biridan ajratib turadi. Oldingi miyaning o‟ng va chap yarim sharlari
qadoq
modda
deb ataluvchi jism yordami bilan o‟zaro birlashadi.
Yarim sharlarning miya po‟sti deb ataladigan butun yuzasi tekis bo‟lmay,
balki g‟ijim-g‟ijim, burmachalar bilan qoplangandir, bular go‟yo egat va
pushtalarga o‟xshaydi. Shu bilan birga, hayvon biologik taraqqiyotning qancha
yuqori bosqichida tursa, yarim sharlar yuzasidagi bu egat lar shuncha
73
chuqurroq va pushtalari ko‟proq bo‟ladi. Odam miyasining yarim sharlaridagi
pushtalar juda ko‟p va egatlari ko‟p darajada chuqurdir.
Bosh miya po‟sti
miyaning kulrang moddasidan iborat 9-rasm. Miyaning
turli qismlarida po‟stning qalinligi 1
mm
dan. 4-5
mm
gacha boradi. Odamning
bosh miya po‟stining butun yuzasi o‟rta hisob bilan 2000
kv.sm
keladi. Bosh miya
yarim sharlari po‟stining yuzasi odatda to‟rtta katta qismga – peshona qismi (eng
kattasi), tepa qismi, ensa qismi va chakka qismiga bo‟linadi.
9.2. Vegetativ markazlar. Miya dastasi. Oldingi miyaning oʻng va chap
yarim sharlari. Bosh miya yarim sharlari poʻstining yuza qismlari.
Vegetativ nerv tizimi - orqa miya bo‟ylab va undan chetda joylashgan nerv
tizimlari alohida tutamlar va nerv tugunlarining chigallaridan iboratdir. Vegetativ
nerv tizimining alohida tutamlari ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish va
boshqa organlarida joylashgan bo‟lib, ichki organlarning faoliyatini idora qiladi.
Vegetativ nerv tizimidan (uning markazlari gipotalamusda orqa miyaning
kurak va yuqori bel segmentlarida joylashgan) va parasimpatik nerv tizimidan
(uning markazlari o‟rta miyadagi turli tepalikda Varoliy ko‟prigida, uzunchoq
miyada va orqa miyaning dumg‟aza qismida joylashgan) iborat.
Simpatik va parasimpatik nerv tizimi ichki a'zolar faoliyatini idora qilishda
o‟ziga xos "antagonistlar" qarama-qarshi bo‟lib, bir organ faoliyatini qarama-
qarshi holatga keltiradi. Masalan, simpatik tizim yurak faoliyatini tezlashtirsa,
parasimpatik tizim esa bu faoliyatni susaytiradi. Organizmning me'yordagi
faoliyati simpatik va parasimpatik vegetativ nerv tizimining ma'lum bir
"muvozanatida" saqlanadi. Vegetativ nerv tizimi emotsional kechinmalarda katta
rol o‟ynaydi. Odamning ko‟pincha psixik jarayonlarini, xususiyatlarini va
holatlarini idora etishda retikulyar formasiya alohida rol o‟ynaydi. Retikulyar
formasiya orqali miyada uzunchoq va keyingi miyada joylashgan nerv tolalari
tarmoqi bilan o‟zaro birikkan to‟rsimon tuzilmadir. U bosh miyaning elektrik
faoliyatiga, bosh miya qobig‟ining funksional holatiga, qobiqosti markazlariga,
miyachaga va orqa miyaga ta'sir qiladi.
74
Ilmiy psixologiyada miya psixikaning organi sifatidagi o‟rganish tarixi ikkita
yo‟nalishda borgan organizm va muhit munosabatlarini idrok etish asoslarini
o‟rganish va miyaning alohida tuzilmalarini morfologiyasi va funksiyasini
ochishdan
iborat.
Po‟st ostidagi soha va po‟st ostidagi tugunlar
differensiallashmagan va umumiy sezuvchanlik markazidir. Emosiya va
instinktlarimiz shu soha bilan chambarchas bog‟liqdir. Harakatlarimizni idora
etish uchun po‟st ostidagi tugunlardan targ‟il jismning ahamiyati ayniqsa
kattadir. Targ‟il jism zararlanganda, odatda, harakat kuchayadi, ammo poyma-
poy bo‟ladi. Yuksak darajada tashkil topgan hayvonlarda psixik jarayonlarning va
odamda ongli jarayonlarning bevosita moddiy asosi bosh miya po‟stidir. Bosh
miyaning pastroqdagi boshqa hamma qismlari, shuningdek, orqa miya ongsiz
reflektor harakatlarning markazlari bo‟lib, xilma-xil fiziologik jarayonlarni idora
etadi. Bosh miyaning yuqorida aytilgan hamma qismlari va orqa miya markaziy
nerv sistemasi bosib o‟tgan taraqqiyot yo‟lining bosqichlaridir. Bosh miyaning
taraqqiyotidagi har bir qismi (pastdan yuqoriga qarab hisob qilganda) o‟zidan
avvalgi qismning ustiga qatlangan. Orqa miya, undan keyin esa uzunchoq miya
markaziy nerv sistemasining eng qadimgi qismlaridir. Oldingi miya va po‟st
genetik jihatdan miyaning eng yosh qismlaridir. Markaziy nerv sistemasining
yuqorigi qismlari taraqqiy qilgunicha pastdagi (qadimgi) qismlari murakkabroq
psixik funksiyalarni ham bajargan deb o‟ylash mumkin. Markaziy nerv
sistemasining yuqorigi qismlari tarkib topib taraqqiy qilishi bilan, murakkabroq
psixik funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o‟tdi. Shu
bilan birga psixik funksiyalar tobora murakkablashib va takomillashib bordi.
Psixik funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o‟tishi bilan
miyaning pastdagi qismlari muayyan refleks va instinktiv harakatlarnigina idora
etadigan bo‟lib qoldi. Buning haqiqatan ham shunday ekanligini quyidagi hollar
ko‟rsatib turibdi. Biologik taraqqiyotning ancha past bosqichlarida turgan
hayvonlarning miya po‟sti va oldingi miyasi olib tashlanganda, bu qismlarning
funksiyasini pastroqdagi qismlar o‟tay boshlaydi. Masalan, oldingi miyasi olib
tashlangan baqa tamomila normal baqaga o‟xshaydi. Bunday baqa odatdagicha
75
o‟tiradi; baqa turgan taxta ag‟darila boshlasa, u ag‟anab tushmaslikka harakat
qiladi; agar baqa chalqancha ag‟nab tushsa, o‟nglanib oladi. Shunday qilib, baqa
miya yarim sharlaridan mahrum bo‟lsa ham harakat qilish va o‟z harakatlarini
muvofiqlashtirish qobiliyatini saqlab qoladi.
Yarim sharlari olib tashlangan kaptar og‟ziga solingan ovqatni yeydi, turtib
yuborilsa yuradi; bunday kaptar turtinmasdan ucha oladi. Ammo kaptar turtib
yuborilmasa, odatda, qimirlamay turaveradi. Agar it miyasining ikkala yarim
shari olib tashlansa, sun‟iy suratda boqilib borilsagina bir necha yil yashay
oladi. Bunday it og‟ziga solingan ovqatni yeydi, yura oladi. It urilsa
vangillaydi qattiq tovush eshitganda sapchib tushadi. Ammo bunday it o‟zicha
ovqat qidirib topolmaydi va hatto yaqinidagi ovqatni ham topib yeya olmaydi.
Bu it uni boquvchi kishilarni tanimaydi. Avval hosil qilgan malakalari shu bilan
birga, yangi malakalar hosil qilish qobiliyati ham yo‟qoladi. Ba‟zi fiziologlar
maymunlarning yarim sharlarini olib tashlab tajribalar qilganlar. Maymunlar
operasiya qilingandan keyin psixik funksiyalari yo‟qolishi bilan birga, harakatni
muvofiqlashtirish tizimi ham buzilgan. O‟lar to‟ppa-to‟g‟ri o‟tirib tura olgan,
shuningdek, narsalarni changallay olgan, ammo murakkabroq harakatlar,
ayniqsa yurish qobiliyati buzilgan.
I.P.Pavlov yuksak nerv faoliyatiga doir tekshirishlarida shunday
hodisalarni ilmiy asosda tushuntirib berdi.
Hayvonlar bosh miyasining ayrim qismlarini olib tashlash ustidagi tajribalar
shuni ko‟rsatdiki, hayvon biologik taraqqiyotning qancha yuqori bosqichida tursa,
quyi qismlarining yuksak psixik funksiyalarni bajara olish imkoniyati o‟shancha
kam bo‟ladi. Odamda miyaning quyi qismlari yuksak psixik funksiyalarni
bajarishga mutlaqo qobil emas. Odam miyasining po‟sti ostidagi qismlari po‟st
funksiyasini loaqal qisman ham bajara olmasa kerak. Yarim sharlarsiz tug‟ilgan
bolalar (
Dostları ilə paylaş: |