O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/107
tarix11.11.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#132299
növüУчебное пособие
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   107
U.Fayziyeva, N.Jumayeva. Umumiy psixologiya. 2021 yil

anensefallar
)ni kuzatish bu holatni juda ravshan tasdiqlaydi. Odatda 
bunday bolalar uzoq yashamaydi. Shunday bolalardan birining faqat uch yil-u 
to‟qqiz oy yashagani ma‟lum. Bu bola doim yotgan, turishga biron marta ham 
harakat qilib ko‟rmagan. U narsalarni ushlashga hech urinmagan, hatto narsalarni 


76 
qo‟lda ushlab turishni ham bilmagan. Faqat yuzida ba‟zi bir harakatlar 
ko‟rilgan; u ba‟zan ijirg‟angan; emganda va qoshiqlab ovqat berilganda lablari 
va tili harakatga kelgan. Bola tagi bulg‟anganda ham hech bir parvo qilmagan. 
Bu bola bilan gaplashish yoki unga biron narsa o‟rgatish aslo mumkin 
bo‟lmagan. Unda hatto eng oddiy ko‟nikmalar ham hosil bo‟lmagan. 
Yuqorida aytilganlardan, miyaning po‟st ostidagi qismlarining psixik hayotga 
hech qanday aloqasi yo‟q, degan ma‟no chiqmaydi. Yarim sharlar po‟sti o‟z 
tolalari bilan bosh miyaning hamma qismlariga va orqa miyaga bog‟langan. Shu 
bilan birga, yuqorida aytilganidek, orqa miyadagi nerv hujayralarining tolalari va 
po‟st ostidagi sohalarning tolalari yarim sharlar po‟stining qismlariga 
bog‟langandir. Shu sababli butun markaziy nerv sistemasi va uning faoliyati 
bo‟lmasa, psixik hayot ham bo‟lmas edi. 
Shu bilan birga, butun nerv sistemasining va butun organizmning faoliyatida 
bosh miya po‟sti asosiy rol o‟ynaydi I.P.Pavlov ta‟limotiga ko‟ra, yarim sharlar 
po‟sti organizmdagi hamma funksiyalarni idora etadi. 
Pavlov ta‟limotiga ko‟ra, katta yarim sharlar po‟sti organizmning barcha 
funksiyalarini boshqaradi. 
Nazorat savollari: 
1. Bosh miya. Orqa miya. Ketingi miya. Oʻrta miya haqida umumiy 
tushuncha bering? 
2. Oraliq miya. Oldingi miya. Uzunchoq miya, Varoliy koʻprigi va miyacha. 
Toʻrt tepalik haqida nimalarni bilasiz? 
3. Vegetativ markazlar. Miya dastasi. Oldingi miyaning oʻng va chap yarim 
sharlari. Bosh miya yarim sharlari poʻstining yuza qismlari ma`lumot bering? 
4. Bosh miya poʻstining qismlarining funksiyalari nimadan iborat? 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin