mumkin bo‘lgan zararlar hajmi. Mazkur bosqichda noqulay holatlarning rivojlanish ssenariylari
jamlamasi shakllanadi; zarar ko‘rish ehtimolligini taqsimlash funksiyalari quriladi.
Aniqlash
va
baholash
o‘zaro uzviy bog‘liq hisoblanadi va har doim ham ularni alohida mustaqil
qismlarga ajratish imkoni bo‘lmaydi. Undan tashqari, riskni boshqarish jarayoni qarama- qarshi
yo‘nalishda borishi ham mumkin: baholashdan aniqlashga, misol uchun, zarar ko‘rib bo‘lingadan
keyin uning sabablarini aniqlashda.
Riskka ta’sir etish usullarini tanlash
bosqichida kelajakda ko‘rilishi mukin bo‘lgan zararlarni
minimallashtirish rejalashtiriladi. Buning uchun uni kamaytirishning turli uslub va usullari
qo‘llaniladi. Riskka ta’sir etish usullarini tanlash ularning samaradorligini solishtirish orqali, shu
jumladan turli usullarning kompleks kombinatsiyalarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi
lozim
Riskka bevosita ta’sir etish
bosqichi to‘rtta asosiy uslublardan tashkil topadi:
istisno qilish,
pasaytirish, saqlash va riskni o‘tkazish (3-rasm).
Riskni istisno qilish
deganda mazkur risk bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday xatti-harakatlar
va chora-tadbirlarni rad qilish tushuniladi.
Riskni pasaytirish -
ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni yoki noqulay holatlarni ro‘y berish
ehtimolligini kamaytirishni bildiradi. Bu yo‘nalishda
oldini olish tadbirlari
amalga oshiriladi.
Bunday tadbirlar deganda binolar va inshootlarlarning xavfsizlini kuchaytiruvchi turli xildagi
choralar, nazorat va ogohlantiruvchi tizimlarni, yong‘inga qarshi qurilmalarni o‘rnatish,
ekstrimal holatlarda harakatlanish bo‘yicha xodimlarni o‘qitish va sh.k. tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: