Birinchi yondashuv — "muntazam sinovlar" usulidir. U
o‘rgatilgan kuzatuvchilaming mavjud bo‘lishini nazarda tutadi,
ular korxona va tashkilot (bo‘lim)ni belgilab berilgan marshrut
bo‘yicha aylanib o‘tadilar va xavfsizlik texnikasi sohasidagi
kamchiliklami aniqlaydilar. Bunday vazifani xavfsizlik texnikasi
(XT) bo‘limiga yuklash ham mumkin.
Bu yerda asosiy narsa shuki, yo‘l qo‘yilishi mumkin
bo‘lgan buzilishlaming nazorat darajasi berilishi lozim, bunda
nazorat qiluvchining vazifasi esa bunday darajaning oshirib
yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Bu usul xavfsiz vaziyatlar
baxtsiz hodisalar va janjallarga aylanmasdan oldin ularni
aniqlashga imkon beradi.
Ikkinchi yondashuv — "tang holatlar" usuli. U xavfsiz
vaziyatlarga yaqin vaziyatlaming sabablarini aniqlash uchun
xodimlardan so‘rab chiqishni nazarda tutadi. Zero, bu usul
baxtsiz hodisalaming oldini olishga, uni barham toptirishga
m o‘ljallangan.
Yuqorida sanab o ‘tilganlarning hammasi, rahbarning
"maqbul standartlar"ni yaxshi bilishini, bu vazifalar qanchalik
bajarilayotganiga baho bera olishini, ahvolni yaxshilash uchun
qanday choralar ko‘rilishi lozimligini nazarda tutadi. U uzoq
davom etgan davr mobaynida xodim lam ing xulq-atvori
belgilangan standartlarga mos kelishini ta ’minlash uchun
xavfsizlik texnikasiga amal qilinishini muntazam tekshirib
borishni yo‘lga qo‘yadi.
Agar tashkilot ishni qonun va standartlar talabi bo‘yicha
yo‘lga qo‘yishni istar ekan, xavfsizlik texnikasi qoidalarining
barcha buzilish hollariga e’tibomi qaratishi va ulami qayd
qilib borishi kerak. Faqat shundagina, personal bo‘yicha
mutaxassislar va xavfsizlik texnikasi sohasidagi mutaxassislar
rahbarga yordam berishlari, zarur statistik m a’lumotlar hamda
baxtsiz hodisa tahlilini, shuningdek, ulami o ‘rganish asosida
chiqarilgan xulosalami taqdim etishlari mumkin.