tizimining orqaga ketishi tushunchasi bilan kadrlar tizimining
tangligi tushunchasi bog‘liqdir.
Kadrlar tizimining tangligi
— uning eng muhim maq-
sadlari,
vazifalari, tuzilishi, faoliyat ko‘rsatish va rivojlanish
shakllari hamda usullarining chuqur buzilishi va izdan chiqishi
bo‘lib, buning natijasida muhim kadrlardan ajralib qolish yoki
buning xavfi tug‘iladi.
Kadrlar tizimining sekinlashuvi
— uning faoliyati va
rivojlanishining sekinlashuvi,
mazkur vaqt mobaynida tizim
maqsadlari va ehtiyojlariga mos kelmay qolishi.
Kadrlar tizimining barqarorlashuvi — kadrlar tizimi maq
sadlari, vazifalari, tuzilishi, shakllari
va usullari doimiy
barqaror holatga keltirishdir. U quyidagilami ta’minlaydi:
Kadrlar tizimining faoliyat ko‘rsatishi
— qaror topgan
miqdor va tuzilishdagi kadrlar faoliyatining barqaror tak-
rorlanib turishidir. U muayyan (o‘zgarmas)
normalar va qoi-
dalarga asoslanadi hamda kadrlar tarkibining oddiy takror
ishlab chiqarilishi, awalgi sifatdagi
personalni boshqarish
maqsadlari va usullari bilan ajralib turadi.
Kadrlar va kadrlar tizimining evolyusion rivojlanishi —
bu ularning sekin-asta o ‘zgarib borishi kadrlarga oid evo-
lyutsion tipdagi mahalliy va standart yangiliklami kiritish yo£li
bilan yangilanishdir. Bu yerda misol tariqasida pensiya yoshidagi
ko‘p miqdordagi xodimlami ozroq miqdordagi yangi,
ancha
ishchan va malakali xodimlar bilan sekin-asta almashtirib
borishni keltirib o‘tish mumkin.
Dostları ilə paylaş: