Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov


Korxona mafkurasi — rivojlanish omillari sifatida



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

Korxona mafkurasi — rivojlanish omillari sifatida
Zamonaviy sharoitda har qanday korxonaning muvaf- 
faqiyatli faoliyat olib borishi talablaridan biri 
uning tashqi 
muhit o ‘zgarishi oqibatida kelib chiqadigan holatlarga tay- 
yorligidir.
Bunday o ‘zgarishlar korxona hayotining turli tomonlarini 
qamrab oladi va tahlillaming ko‘rsatishicha, ulami o‘zgacha 
holat sifatida emas, balki xo‘jalik yuritishning doimiy omili 
sifatida ko‘rib chiqish lozim. Bunday holatlarda quyidagi 
muhim masalaga e ’tibor qaratish lozim: korxona tashqi muhit 
o'zgarishlariga qarshi tura oladimi va belgilangan maqsadlarga 
erishishi bilan o‘z faoliyatini saqlab qola oladimi?
G ‘arb tadqiqotchilari ilmiy ishlarining ko‘p miqdori 
korxonaning m a’lum o ‘zgarishlarga tayyorgarligi va ularni
293


boshqarishni tashkil etishga ("o‘zgarishlar menejmenti"ga) 
bag4 ishlangan b o ‘lib, bu mavzu mahalliy nazariyotchi va 
amaliyotchilarda qiziqish uyg‘otishi tayin.
Albatta, korxoni faoliyatini qayta tashkil etishga navbat- 
dagi "yong‘in" holati emas, balki rivojlanishning reja- 
lashtirilgan doimiy jarayoni sifatida qaraladigan Amerika 
kom paniyalaridagi boshqaruv tizim ini takom illashtirish 
tajribasi bilan tanishib chiqish foydadan holi b o ‘lmaydi. 
Amerika kompaniyalarida vujudga kelgan o £zgarishlarni 
boshqarish tizimi boshqaruvning yangi usullariga tajribiy 
o ‘tishni ta ’minlaydi, ammo tajribalarning ko‘rsatishicha, 
yangi usullarning 20% gina amalda o ‘z o ‘m ini topa olar 
ekan. Yangiliklar yaratish uchun nafaqat talab etiluvchi mo- 
liyaviy, moddiy va mehnat resurslarini aniqlash, balki yuzaga 
keladigan asosiy tashkiliy va psixologik to ‘siqlarni bo‘- 
limlararo tushunmovchiliklar, ularning o ‘zaro kam muno- 
sabatda bo‘lishlari, rahbariyatning qo‘llab-quvvatlashi sustligi 
va boshqa turli muammolarni aniqlash ham muhim ahamitga 
ega. Mutaxassislar kompaniya rahbariyati va xodimlarining 
amalga oshirilayotgan o ‘zgarishlarga bo‘lgan qiziqishlariga 
ko‘proq e’tibor qaratadilar.
0 ‘z o ‘rnida, J. Bush (kichik) m a’muriyati boshqaruv 
tizimini isloh qilish mobaynida har bir muassasada faqatgina 
ushbu muassasa faoliyatini takom illashtirish bilan shu- 
g‘ullanadigan, vaziming birinchi o ‘rinbosari darajasidagi "bosh 
menejer" lavozimini tashkil etilishini e ’lon qildi. XX asrda 
AQSH boshqaruv tizimiga 11 ta islohot tatbiq qilingan, ya’ni 
boshqaruv tizimi doimiy ravishda takomillashtirib borilgan. 
0 ‘z vaqtida B. Klinton boshqaruv mexanizmini takomil- 
lashtirishni uzluksiz jarayonga aylantirish masalasini ko‘n- 
dalang qo‘ygan.
Shunday qilib, zamonaviy korxonaning muvaffaqiyati 
m a ’lum darajada o ‘zgarishlarga tayyorgarlik va ularni 
boshqarish qobiliyati bilan, ya’ni, "o‘zgarishlar menejmenti"ni 
qo‘llay bilish va ulami amalga oshirishga ishchi-xodimlami 
jalb qilish bilan aniqlanadi.
294


Bugungi kunga kelib M DH mamlakatlarining ko‘pchilik 
korxonalari o‘ziga xos muammolarga ega:
• sotish hajm i va u n d an b o ‘ladigan darom adning 
qisqarishi;
• an’anaviy bozorlardagi qiyinchiliklar;
• rivojlanishning aniq yo‘nalishlarga ega emasligi;
• yangi texnologiyalar va yangi turdagi mahsulotlar 
uchun zaxiralaming yetarli emasligi;

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin