Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov


• moliyaviy qiyinchiliklar



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

moliyaviy qiyinchiliklar;
• boshqaruv usullari va tizimlarining rivojlanishi bilan 
bog‘liq boclgan qiyinchiliklar;
Mavjud holat sabablari hammaga m a’lum. Biroq shunday 
holatlarda ham, mutaxassislar fikricha, deyarli har bir kor­
xona faqatgina ichki zaxiralari hisobiga o ‘z faoliyati sa- 
maradorligini 10 — 20% ga ko‘tarishi mumkin va yuqorida 
ko‘rsatilgan muammolarning bir qismini hal etishi mumkin. 
Buning uchun korxona ichki salohiyatini faollashtirish va 
rivojlanish istiqbollarini ishlab chiqish talab qilinadi:
• rivojlanishning uzoq va o ‘rta muddatli maqsadlarini 
ifodalash ("Nimaga erishishni istaymiz?");
• joriy holatni baholash ("Biz qayerdamiz?");
• hal qilish kerak bo‘lgan asosiy muammolami aniqlash 
va ulami tartibga solish;
• qilinishi zamr bo‘lgan o'zgarishlarni qayd qilish;
Korxonaning raqobatga chidamli rivojlanishini ta’min-
lash uchun innovatsion faoliyatning ustivor yo‘nalishlarini 
va qayta tashkil etish resurslarini faol qidirish lozim. Xorijiy 
va ilg‘or mahalliy tajribalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, in ­
novatsion modelga o‘tish uchun:
• ishchining korxona muvaffaqiyatidan manfaatdorligi;
• o‘z vazifasini bajarishda barcha qobiliyati va imko- 
niyatlarini ayamasligi juda muhimdir.
Yuqorida texnologiyalarning rivojlanishi va texnika 
murakkabliklarining ortishi bilan tashabbuskor va o ‘z ishiga 
ijodiy yondashuvchi ishchi-xodimlarga ehtiyoj ortib bormoqda. 
Hozirgi kunda malakali ijrochilar emas, balki o ‘z kompaniyasi
295


kelajagi haqida o ‘ylovchi, o ‘z korxonasi va davlati taqdiri 
uchun mas’uliyatli mutaxassislar har doimgidan ko‘proq za- 
rurlar. U larning asosiy intilishlari kelajakdagi umum iy 
farovonlikning asosi sifatida korxonaning rivojlanishiga 
qaratilishi lozim. Shu tufayli, korporativ qadriyatlar va tim- 
sollarni ishlab chiqishga kuchni qaratish vositasi sifatida 
kompaniya mafkurasining ahamiyati ortib bormoqda.
Umuman olganda, kompaniya mafkurasi korxona maqsad 
vazifalari (kompaniya missiyasi), faoliyatning ko‘rsatishning 
usul va tam oyillari, ishchi-xodim lar tom onidan amalga 
oshirilgan harakatlarning mazmun-mohiyatini aks ettiradi. 
Boshqacha qilib aytganda uni o ‘zgarishlar vositasi deb atash 
mumkin.
Mafkura kompaniya ishchi-xodimlarini o‘zlarida mavjud 
xususiyatlarni aniqlashga (alohida qobiliyatlarning paydo 
bo‘lishi, xulq-atvor shakllanishi, dunyoqarashlar), korporativ 
madaniyatni paydo bo‘lishiga (falsafa, an’analar o ‘zini tutish) 
siyosiy psixologiya elementlarini shakllanishiga (xodimlaming 
kayfiyati va qarashlari) va ishchi-xodimlami rag‘batlantirishga 
y o rd am berad i. S h unday qilib k orxona m afkurasi - 
o ‘zgarishning muhim va xos omili, vositasi va shu bilan birga 
o ‘zgarish obyekti hisoblanadi.
Korxona mafkurasi chuqur o ‘zgarishlar davrida, o ‘z 
faoliyatini jadallashtirish, rivojlanishda yangi bosqichlarga 
ko‘tarilish, ishchi-xodim larni safarbarlikka chorlash va 
birlashtirish talab qilinganda muhim ahamiyat kasb etadi.
Y a’ni mafkura, korxonaning asosiy ichki resursi — 
ishchilarning ijodiy imkoniyatlarini safarbar etish, mehnat 
jamoasining har bir a’zosi tomonidan o‘z~o‘zini anglashga 
va oliy maqsadlarga erishish yo'Iida qurbonliklarga tayyorlik 
xissini oshirishga yordam beruvchi kuchli omildir.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin