Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

Funksional jihatdan 
p ersonalni boshqarish deyilganda 
kadrlar sohasidagi ishlar bilan bog‘liq b o ‘lgan barcha vazifalar 
va qarorlar m asalan, kadrlar tanlash, ulardan foydalanish, 
ularning malakasini oshirish, m ehnatiga haq to ‘lash, ishdan 
b o ‘shatish va hokazolar 
tu sh un iladi.
Tashkiliy jihatdan 
bu tu sh u n c h a orqali k adrlar bilan 
ishlashga jav o b g ar b o ‘lgan b a rc h a shaxslar va in stitu tla r 
m asalan, rahbar shaxslar, kadrlar b o ‘limi, ishlab chiqarish 
kengashlari, kasaba uyushm alari qam rab olinadi.
Bizning nazarim izda, inson resurslarini boshqarish shun- 
dan iboratki, odam lar korxonaning raqobat boyligi hisobla­
nadi, ularni joylashtirish, rivojlantirish, boshqa resurslar bilan 
birga asoslash kerak, bundan m aqsad korxonaning strategik 
m aqsadlariga erishishdir.
"Korxona personali" tushunchasi ancha um um iy tarzda 
m azkur korxona va tashkilotning barcha yollangan xodimlarini 
qam rab oladi, ular m utlaqo aniq vazifalarni bajaradilar.
Amaliy nuqtayi nazardan personal korxonaning eng muhim 
resursi bo‘lib, uning imkoniyatlarini samarali amalga oshirish 
yollanm a xodim larining muayyan guruhi yoki ayrim xodim 
tom onidan hal etiladigan aniq ishlab chiqarish vazifalarining 
o ‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq ravishda ijtimoiy yechimlarni 
talab qiladi.
"Personalning kasbiy-malaka tuzilishi" degan tushunchaning 
o ‘zi bir xil m a’noni anglatmaydi. U bir-biri bilan bog‘langan 
uchta mustaqil jihatni 
qam rab oladi. Ular: 
ish kuchining kasbiy
tuzilishi; uning malaka tuzilishi; malakaning mazmunidan
iborat dir. B u n d a ish k u c h i n i n g kasbiy tuzilishi d e y i l g a n d a kasbiy



g u ru h larn in g tu rli kasb vakillari nisbati, m alaka tuzilishi 
deyilganda turli m alaka darajalariga ega b o ‘lgan xodimlarning 
nisbati tushuniladi. Turli kasblarga d o ir m alaka m azm uni 
muayyan ishlarni bajarish uchun talab qilinadigan ko‘nikmalar, 
bilimlar, tajriba va boshqa tarkibiy qismlar yig‘indisini anglatadi. 
X odim larning m alakasiga b o ‘lgan talablar tatbiq etiladigan 
texnologiyalar xususiyatini bevosita belgilab beradi.
0 ‘zb e k isto n d a g i ta sh k ilo t va k o rx o n a la rn in g b a rc h a
xodim lari quyidagi m alaka belgilariga qarab b o ‘linadi:
■ ishlab chiqarish jaray o n id a bajariladigan vazifalarga 
k o ‘ra to ifa la r b o ‘y ic h a ish c h ila r (asosiy va y o rd a m c h i), 
m uhandis-texnik xodim lar (M TX), xizm atchilar, kichik xizmat 
ko‘rsatuvchi personal (K X P), shogirdlar;
■ haqiqiy faoliyat xarakteriga (mashg‘ulotlar turiga) qarab. 
Bu o ‘rin d a x o d im n i m u h a n d is-te x n ik x o d im la r (M T X ) 
toifasiga kiritish u ch u n uning m a ’lum oti em as, balki egallab 
turgan lavozim i asos b o ‘lib xizm at qiladi. M a ’lum o tlam i 
tasniflashga asos qilib kasbiy va tarm o q belgilarining birga 
q o ‘shilishi olinadi;
■ ish ch ilarn in g texnologiya ja ra y o n id a ish tiro k etish 
tamoyili b o ‘yicha. Ishchilar m ahsulot ishlab chiqarish b o ‘yicha 
a s o siy v a y o r d a m c h i is h c h ila r g a b o ‘lin a d i, M T X — 
rahbarlarga, mutaxassislarga va texnik ijrochilarga b o lin a d i;
■ ish m uddati b o ‘yicha: doimiy, m avsum iy va m uvaqqat 
(vaqtincha) xodimlar.
M oddiy ishlab chiqarish sohasining barcha xodim lari ikki 
guruhga b o ‘linadi : a) asosiy faoliyatda band b o ‘lgan personal. 
S anoatda bu xodim lar sanoat ishlab chiqarish personalini 
tashkil etadi; b) asosiy boMmagan faoliyatda ish bilan band 
yoki boshqa personal. Bu kategoriyaga korxona tarkibiga 
kiradigan nosanoat tashkilotlari personali kiradi.
K orxonaning ijtimoiy tizimi qonuniy ravishda ikkita asosiy 
kichik tizimga: boshqaruvchi va boshqariluvchi tizim lariga 
b o ‘linadi. Shunday qilib, boshqaruvchi personal personalni 
boshqarish subyekti, obyekti esa ishlab chiqarish personali 
sifatida m aydonga chiqadi.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin