Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

Institutlar
– bu o‗tmishda sodir bo‗lgan jarayonlar natijasi bo‗lib, ular o‗tmish 
sharoitlariga moslashgan va, o‗z navbatida, hozirgi vaqt talablariga to‗liq 
moslashmagan‖
1
.
1
Веблен Т. Теория праздного класса. М.: Прогресс. 1987-С.43.


36 
Е.Erdvard tomonidan ―
Institutlar
– bu ko‗plab individuumlar ulardan 
hamma joyda va har kuni foydalanadigan va asosan o‗zining noyobligi bilan 
tavsiflanadigan ijtimoiy ne‘matlar. Institutlar almashuv jarayonini soddalashtiradi. 
Ular – qarorlar qabul qilish jarayonining yakka tartibdagi qarorlarni ijobiy 
qarorlarga aylantiruvchi ajralmas qismi‖, deya ta‘riflangan
1
.
J.Xodjsonning ta‘riflashicha, ―
Institutlar
– an‘ana, urf-odat yoki 
qonunchilik cheklovi orqali uzoq muddatli va barqaror hulq-atvor namunalarining 
yaratilishiga olib keluvchi ijtimoiy tashkilot‖
2
.
Institutlarni ko‗z bilan ko‗rib, ularni jismonan his etib yoki o‗lchab 
bo‗lmaydi. Bu inson ongi bilan yaratilgan o‗ziga xos konstruksiyalar, ko‗zga 
ko‗rinmaydigan mexanizmlardir. Institutlar insonlarning muayyan jamoasiga xos 
bo‗lgan tafakkur tarzini aks ettiradi. 
Institutlarning yana boshqa bir ta‘rifi B.Z.Milner tomonidan D.Nort yozgan 
so‗zboshishida keltirilgan: ―
institutlar
– bu insonlar tomonidan ishlab chiqilgan 
cheklovlar hamda ularning o‗zaro hamkorligini tarkiblashtiruvchi majburlash 
omillari. Bularning barchasi birgalikda jamiyat va iqtisodiyotning undovchi 
tarkibini hosil qiladi‖
3

Yuqorida keltirilgan ta‘riflar institutlarning asosiy xususiyatlarini qamrab 
olgan holda, ularning asosiy funksiyalarini hamda rivojlanish qonunlarini aks 
ettiradi hamda jamiyatni rivojlantirish uchun institutlarning muhimligini 
ta‘kidlaydi. Yuqorida ko‗rsatilgan barcha holatlarni umumlashtirgan holda, 
institutsionalizmning hozirgi zamon talqinlariga asosan institutlarni quyidagicha 
ta‘riflash mumkin: 
Institut
– bu jamiyat a‘zolari o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarni belgilab 
beruvchi rasmiy qoidalar va norasmiy normalar tizimi. Institutlar asosini uning 
tarkibiy qismlari hisoblangan normalar tashkil etadi.
1
Қаранг: 
On Economic Institutions: Theory and Applications. Alder-shot: Edrdward Elgar, 1995. –c. 
19.
2
Қаранг: 
Ходжсон Джеффри

Экономическая теория и институты: Манифест современной 
институциональной экономической теории / Пер. с англ. – М.: Дело, 2003. – 464 с.
3
Норт Д. Институты, институциональные изменения и функционирование экономики. – М.: Фонд 
экономической книги. «Начало», 1997. –с. 6.

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin