34
II BOB. INSTITUTLAR VA ULARNING JAMIYAT RIVOJLANISHIDAGI
ROLI
2.1. “Institut” va “norma” tushunchalarining mohiyati
2.2. Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi
2.3. Institutsional matritsa
2.4. Institutsional o„zgarishlar va institutlarning o„zaro bog„liqligi.
2.1. “Institut” va “norma” tushunchalarining
mohiyati
Institutlar jamiyat hayotida muhim o‗rin tutadi. Agar bir daqiqaga barcha
institutlar yo‗q bo‗lib ketishini tasavvur qiladigan bo‗lsak, u holda tartibsizlik
boshlanib ketgan bo‗lardi va bu hol, o‗z navbatida, abadiy davom etmas edi.
Chunki insonlarning o‗z hayotini tartibga keltirishga urinishlari yangi
institutlarning paydo bo‗lishiga olib kelgan bo‗lardi.
Institutlar tabiatini yanada chuqurroq tahlil qilish global xususiyatlarga ega
bo‗lgan qator savollarga, xususan, nima uchun bozorlar ―ishlaydi‖ yoki
―ishlamaydi‖? Iqtisodiy siyosatning u yoki bu tadbirlari nima uchun samarali yoki
samarasiz bo‗ldi? Iqtisodiyotdagi qaysi o‗zgarishlar ichki sabablarga ko‗ra yohud
hukumatning u yoki bu qarori tufayli yuzaga keldi, degan savollarga javob topish
imkonini beradi.
Institutlar o‗zi nima? Turli davrlar tadqiqotchilari institutlar mohiyatini va
ularning faoliyat ko‗rsatish mexanizmini yoritvchi bir necha ta‘riflarni
asoslashgan(2.1.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: