Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

Rasmiy qoidalar va norasmiy normalarni muvofiqlashtirish. 
Rasmiy 
qoidalar va norasmiy normalarning muvofiqlashtirilishi jamiyatda muhim rol 
o‗ynaydi, chunki u institutlar mavjud tizimi faoliyat ko‗rsatishining 
samaradorligiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. 
Odatda, insonlar ba‘zan institutlar tarkibiy unsurlaridan biri hisoblangan 
jazolash tizimining samaradorligiga ziyon Еtkazgan holda jazolashning ancha 
yumshoq shakllarini nazarda tutuchi normalarni rasmiylashtirishga intilishadi. 
O‗lim jazosini bekor qilish to‗g‗risidagi bahs-munozaralar bunga misol bo‗ladi. 
Kelishmovchilik natijasida institutsional nizo kelib chiqishi mumkin. Bir 
holatda, institutsional nizo hech bir o‗zgarishsiz institutlarning paydo bo‗lishiga, 
boshqa holatda esa samarasiz bo‗lsa-da barqaror hosilalar – institutsional 
tuzoqlarning paydo bo‗lishiga olib keladi. 
Eski va yangi institutlar o‗rtasidagi inqilobiy bog‗liqlik doirasida ular 
rivojlanishining uchta ehtimoliy yo‗lini ta‘kidlash lozim: 

birinchisi – mavjud institutsional matritsaga qarama-qarshi bo‗lgan 
rasmiy institutlarning paydo bo‗lishi (odatda, hamma joyda chuqur islohotlar 


51 
davrida, masalan, o‗tish iqtisodiyotida qonunlar, farmonlar ko‗rinishida) va 
ularning ildiz otishi (kengayib borishi) hamda qabul qilingan rasmiy normalarga 
mos keluvchi yangi norasmiy normalarning shakllanishi; 

ikkinchisi – qabul qilinayotgan rasmiy qoidalarning norasmiy 
normalarga to‗liq mos kelmasligi shunga olib keladiki, norasmiy normalar ancha 
―hayotiy‖ bo‗lib chiqadi va buning natijasida yangi qabul qilingan rasmiy 
qoidalarning norasmiy institutsionallashuvi yuz beradi; 

uchinchisi – yangi rasmiy qoidalar ildiz otmaydi, bu ularning yo‗qolib 
ketishiga olib keladi. 
Institutsional tizim samaradorligiga institutlar bilan bir qatorda tashkilotlar 
ham ta‘sir ko‗rsatadi. D.Nortning fikriga ko‗ra, institutlar iqtisodiy nazariya bilan 
yoritiladigan standart cheklovlar bilan bir qatorda jamiyat a‘zolarining 
imkoniyatlarini ham shakllantiradi. 
Institutsional doiralar qaysi tashkilotlar (siyosiy organlar, iqtisodiy 
tuzilmalar, jamoat muassasalari) hosil bo‗lishi va ishlashini belgilab beradi. 
Boshqacha aytganda: institutlar – bu ―o‗yin qoidalari‖, tashkilotlar esa – 
―o‗yinchilar‖. Biroq bu hol o‗yinchilar jamiyatda o‗rnatilgan ―o‗yin qoidalari‖ga 
majburiy tarzda amal qilishini anglatmaydi. Huddi institutlar kabi tashkilotlar ham 
insonlar o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarni tarkiblashtiradi. ―Tashkilotlar aniq 
maqsadga yo‗naltirilgan tarzda faoliyat ko‗rsatuvchi, tashkilotchilar tomonidan 
boylik, daromadni ko‗paytirish uchun yoki boshqa maqsadlarda tashkil etilgan 
birliklar hisoblanadi. Ushbu maqsadlarni ko‗zlagan holda, tashkilotlar asta-sekin 
institutsional tarkibni o‗zgartiradi‖ 
1

Tashkilotlar (korxonalar, firmalar)ning institutsional jarayondagi roli 
hozircha kam o‗rganilgan, biroq institutsional nazariya doirasida, xususan, 
G.Kleyner tomonidan o‗tkazilgan so‗nggi tadqiqotlar shuni ko‗rsatdiki, tashkilot 
nafaqat tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchisi, balki quyidagi asosiy funksiyalarni 
bajaruvchi o‗ziga xos ―institut-provayder‖ hisoblanadi : 
1
Қаранг
: Норт Д. Институты, институциональные изменения и функционирование экономики. – 
М.: Фонд экономической книги. «Начало», 1997.
 


52 

ishlab chiqarish institutlari va kelishuvlar ishlab chiquvchisi va 
tarqatuvchisi roli. Alohida tashkilotning muvaffaqiyatli tajribasi, unda 
foydalaniladigan shartnomalar tizimining samaradorligi, odatda, bunday 
tuzilmalarni tashkilotning ushbu usullaridan foydalanishga undaydi; 

institutlar inkubatori roli. Tashkilotning faoliyat ko‗rsatishi natijasida 
ushbu tuzilmaning o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi va yakuniy 
natijalarning katta samaradorligi bilan faoliyat ko‗rsatuvchi yangi rasmiy qoidalar 
va norasmiy normalar shakllanadi yoki, boshqacha aytganda, tegishli institutsional 
muhitda yangi institutlar hosil qilinadi; 

yakka tartibdagi institutsional integrator roli (ushbu normaga amal 
qiluvchilar tarkibiga yangi individlarni jalb qilish)
1

Institutsional yondashuvga muvofiq davlatni alohida tashkilot sifatida ko‗rib 
chiqish lozim. Davlatni institut (ijtimoiy shartnoma negizida rasmiy qoidalar 
tizimini shakllantirish va ularga amal qilish mexanizmi) sifatida ham, tashkilot 
(davlat boshqaruv apparati tarkibi, qonuniy jazolash va majburlash tizimi) sifatida 
ham tadqiq etish mumkin. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin