O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi м. T. Asqarova



Yüklə 2,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/96
tarix18.11.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#133039
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   96
IQTISODIY O\'SISH

 
2.3. Iqtisodiy o‘sish modellari 
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sish omillarini o‘rganish hamda uning 
kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlar pirovardida turli 
iqtisodiy o‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Iqtisodiy o‘sish modellari 
yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko‘payishi taklif omillariga tayangan 
holda tahlil etish imkonini beradi.
 
Barcha iqtisodiy modellar singari iqtisodiy o‘sish modellari ham real 
jarayonlarni abstrakt va soddalashgan ko‘rinishda, shartli tarzda grafiklarda va 
tenglamalarda aks ettiriladi. 
Odatda iqtisodiy o‘sishning quyidagi nazariyalari farqlanadi: 
- iqtisodiy o‘sishning yangi keynscha nazariyalari; 
- iqtisodiy o‘sishning yangi klassik nazariyalari; 
- iqtisodiy o‘sishning empirik nazariyalari; 


21 
- endogen o‘sishning yangi nazariyalari(3.1-rasm). 
Ushbu yo‘nalishlar doirasida esa iqtisodiy o‘sishning turli nazariy modellari 
yaratila boshlandi. XX asrning o‘rtalarida keynschilikning makroiqtisodiy 
muvozanat nazariyasi asosida yangi yo‘nalish, ya’ni neokeynschilik vujudga keldi. 
Iqtisodiy o‘sishning dinamik modellarini ishlab chiqqan neokeynschilik vakillari 
orasida ingliz iqtisodchisi Roy Xarrod (1900-1978-y.) o‘z modelida ishchi kuchi, 
aholi jon boshiga daromad va naqd kapital o‘sishi o‘rtasidagi munosabatlarni 
tadqiq qildi. U milliy daromadning kapital sig‘imlilik darajasini ifodalovchi 
“kapital koeffitsienti” tushunchasini yaratdi. R. Xarrod kapital sig‘imlilik 
mezonidan texnika taraqqiyotining iqtisodiyotga ta’sirini tahlil qilishda foydalandi. 
Amerikalik iqtisodchi neokeynschilik yo‘nalishi vakili Evsey Domar (1914-
1997-yillar) ham R. Xarrod tadqiqotlaridan bexabar ravishda mutanosib iqtisodiy 
o‘sishning biroz boshqacharoq modelini taklif etdi. U J.M. Keynsning 
investitsiyalar daromadni shakllantirish orqali talabni oshiradi, degan fikriga 
qo‘shimcha qilib, investitsiyalar bir vaqtning o‘zida tovarlar taklifining oshishiga 
ham olib keladi, deb ta’kidlaydi. E. Domar va R. Xarrod modellarida iqtisodiy 
o‘sishni rag‘batlantiruvchi omil sifatida investitsiyalar keltiriladi, chunki ular 
multiplikativ ta’sirga ega va shuning uchun barqaror o‘sishni ta’minlaydi. Ushbu 
modelda J. Keynsdan farqli o‘laroq takror ishlab chiqarish jarayoni uzoq muddatli 
davr dinamikasida tadqiq qilingan. Xarrod-Domar modeli bozor iqtisodiyotining 
o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘la olmasligini asoslab berdi. 
Ushbu modelni respublikamiz iqtisodiyotida qo‘llaydigan bo‘lsak, 
mustaqillikning datlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda qator izchil islohotlar 
olib borilib, mamlakatda yalpi ichki mahsulotning o‘sishiga hamda iqtisodiy 
rivojlanishga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgan investitsiyalarga katta e’tibor berib 
kelinmoqda. 
Mamlakatimiz 
iqtisodiyotini 
yuksaltirish, 
zamonaviy 
texnika 
va 
texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruksiya 
qilish uchun investitsiyalarni jalb qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega. So‘nggi 


22 
vaqtlarda respublikamizda investitsion muhitni sog‘lomlashtiruvchi va 
mustahkamlovchi iqtisodiy-siyosiy vaziyat tendensiyasi hukm surmoqda. 
Iqtisodiy o‘sishning yangi klassik ilk nazariyalari 1950-1960 yillar oraliga’ida 
paydo bo‘ldi. O‘sha davrda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini foydalanilmayotgan 
quvvatlar hisobiga emas, balki yangi texnikalarni joriy qilish, mehnat 
unumdorligini oshirish va ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish 
hisobiga jadallashtirish muammosi birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu yo‘nalish 
vakillari (amerikalik iqtisodchi Robert Solou va ingliz iqtisodchisi Jeym Smit va 
boshqalar) nazariyasining metodologik asosini ishlab chiqarish omillarining klassik 
nazariyasi tashkil etadi. Ma’lumki, bu nazariyada mehnat, kapital va yer ijtimoiy 
mahsulotni hosil qilishning mustaqil omillari sifatida talqin etiladi. Shu bilan birga, 
yangi klassik nazariyada ishlab chiqarish omillari egalari tomonidan olinayotgan 
daromadlar bu omillarning eng ko‘p miqdordagi mahsulotlari tomonidan 
belgilanishi g‘oyasi ilgari surilgan eng yuksak unumdorlik nazariyasiga ham 
tayanadi. 
Neoklassik nazariyasi vakili Robert Solou (1924-yilda tug‘ilgan) o‘z 
modelida jamg‘armalar, mehnat resurslari o‘sishi va ilmiy-texnik taraqqiyotning 
aholi turmush darajasi va uning dinamikasiga ta’sir qilish mexanizmini aniqladi. R. 
Solouning asosiy xulosasi shuki, uzoq muddatda iqtisodiy o‘sish sur’atlari kapital 
qo‘yilmalar oshishiga emas, balki texnologik rivojlanish omiliga bog‘liq bo‘ladi. 
Shunday ekan, uningcha doimiy texnik rivojlanish va resurslardan samarali 
foydalanish iqtisodiy o‘sishning asosiy omillari hisoblanadi. 


23 

Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin