24
resurslarning zarur bandligi va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan daromad
va jamg‘armalarning qayta taqsimlash mexanizmini yaratishga imkon beradi.
Iqtisodiy o‘sishning zamonaviy nazariyalari shakllanishiga iqtisodiy o‘sishga
turli omillarning ta’sirini o‘rganishga yo‘naltirilgan empirik tadqiqotlar ulkan hissa
qo‘shdi. Bu sohada izlanishlar olib borgan eng yirik tadqiqotchilardan biri
Edvar Denison (1915-1992-yillar)dir. Amerikalik iqtisodchi inson omili ta’sirini
o‘lchash uchun
faqat ish kuchi sonigina emas, balki mehnat unumdorligining
xodimning yoshi va jinsi, ma’lumoti va kasbiy tayyorgalik darajasiga bog‘liqligini
ham hisobga olgan.
E. Denisonning fikriga ko‘ra, mehnat unumdorligining iqtisodiy o‘sishga
ta’siri quyidagi jarayonlar natijasida ro‘y beradi:
- texnologik bilimlarning kengayishi yoki ishlab chiqarishni tashkil etishni
takomillashtirish;
- “boy berilganni qoplash”, ya’ni taraqqiy etgan
davlatlar tomonidan qoloq
mamlakatlarga amaliy bilimlarni taqdim etish. Bu qoloq mamlakatlarga
rivojlangan davlatlarning eng maqbul iqtisodiy o‘sish darajasiga yaqinlashish
imkonini beradi;
- ishlab chiqarishning jismoniy omillarini joylashtirishni
yaxshilash hamda
ularni eng yuqori samara beradigan tarmoq va mintaqalarda qo‘llash;
- iqtisodiyot ko‘lamlarini kengaytirish, ayni paytda ishlab chiqarishni
ixtisoslashtirishni rivojlantirish va milliy bozorlarni rivojlantirish.
Pol Romer (1955-yilda tug‘ilgan) va Robert Lukas (1937-yilda tug‘ilgan)
1980-yillar oxiri va 1990-yillarning boshlarida Solou modelidan qoniqmagan holda
endogen iqtisodiy o‘sish nazariyasini yaratdilar.
Bu nazariya texnologik
taraqqiyotni matematik tushuntirishni nazarda tutar edi va o‘z ichiga ishchilar
faoliyati samarasini oshiradigan bilim, malaka va qobiliyatni
ifodalaydigan inson
kapitali tamoyilini ham olgan edi. Boshqa kapital shakllaridan farqli ravishda inson
kapitalining rentabelligi o‘sish tendensiyasiga ega bo‘ladi. Shuning uchun
mamlakatning iqtisodiy o‘sishi kapital to‘plangan sari sekinlashmaydi va iqtisodiy
25
o‘sish sur’atlari kiritilayotgan kapital turiga bog‘liq bo‘ladi. Inson kapitalini
oshiradigan omillar sifatida esa ta’lim va innovatsiyalar keltiriladi.
Agar barcha modellarni umumlashtirgan holda o‘rganadigan bo‘lsak, bugungi
kunda ayni bir modelning iqtisodiyotda to‘liq qo‘llanilayotganligini ko‘rishning
iloji yo‘q deb o‘ylaymiz. Keynschilar bu borada iqtisodiy o‘sishni
modellashtirishda asosiy e’tiborni investitsiya
va davlat boshqaruviga qaratsa,
neoklassiklar davlat boshqaruvini inkor etgan holda barcha ishlab chiqarish
omillarining samaradorlik jihatlarini ustuvor deb hisoblashadi.
Bizning fikrimizcha, biror davlat o‘z iqtisodiyotini
barqaror rivojlantirish
yo‘lida ayni bir iqtisodiy o‘sish modelini tanlamasdan, o‘z mamlakat tabiiy,
ijtimoiy hamda iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda, aholining urf-odatlari,
an’analari va mentalitetidan kelib chiqqan holda o‘z iqtisodiy o‘sish
modelini
ishlab chiqishi lozimdir. Shundan so‘ng bu mamlakat iqtisodiyoti turli xil tashqi
ta’sirlarga sezuvchanlik darajasi kamayadi va jahon iqtisodiyoti bo‘ylab sodir
bo‘layotgan inqirozlarga qarshi chidamlilik darajasi yetarlicha yuqori bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: