O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi м. T. Asqarova


 Iqtisodiy o‘sish omillariga bo‘lgan yondashuvlar



Yüklə 2,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/96
tarix18.11.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#133039
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   96
IQTISODIY O\'SISH

3.2. Iqtisodiy o‘sish omillariga bo‘lgan yondashuvlar
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy о‘sish omillarini о‘rganish hamda uning 
kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli 
iqtisodiy о‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Iqtisodiy о‘sish moldellari 
yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli kо‘payishi taklif omillariga tayangan 
holda tahlil etish imkonini beradi.
 
5
Vaxabov A., Zaynitdinova U., “Barqaror iqtisodiy о‘sish omillari”. Bozor, pul va kredit, 2011 yil, 06(169) son, 40-
bet. 


31 
Boshqa iqtisodiy modellar singari iqtisodiy о‘sish modellari ham real 
jarayonlarni abstrakt va soddalashgan kо‘rinishda, shartli tarzda grafiklarda va 
tenglamalarda aks ettiradi. 
Odatda iqtisodiy о‘sishning quyidagi nazariyalarini farqlaydilar: 
- iqtisodiy о‘sishning yangi keynscha nazariyalari; 
- iqtisodiy о‘sishning yangi klassik nazariyalari; 
- iqtisodiy о‘sishning empirik nazariyalari; 
- endogen о‘sishning yangi nazariyalari. 
Ushbu yо‘nalishlar doirasida esa iqtisodiy о‘sishning turli nazariy modellari 
yaratila boshlandi. XX asrning о‘rtalarida keynschilikning makroiqtisodiy 
muvozanat nazariyasi asosida yangi yо‘nalish, ya’ni neokeynschilik vujudga keldi. 
Iqtisodiy о‘sishning dinamik modellarini ishlab chiqqan neokeynschilik vakillari 
orasida ingliz iqtisodchisi Roy Xarrod (1900-1978- y.) о‘z modelida ishchi kuchi, 
aholi jon boshiga daromad va naqd kapital о‘sishi о‘rtasidagi munosabatlarni 
tadqiq qildi. U milliy daromadning kapital sig‘imlilik darajasini ifodalovchi 
“kapital koeffitsiyenti” tushunchasini yaratdi. R. Xarrod kapital sig‘imlilik 
mezonidan texnika taraqqiyotining iqtisodiyotga ta’sirini tahlil qilishda foydalandi. 
Amerikalik iqtisodchi neokeynschilik yо‘nalishi vakili Yevsey Domar (1914-
1997- y.) ham R. Xarrod tadqiqotlaridan bexabar ravishda mutanosib iqtisodiy 
о‘sishning biroz boshqacharoq modelini taklif etdi.
U J. M. Keynsning investitsiyalar daromadni shakllantirish orqali talabni 
oshiradi, degan fikriga qо‘shimcha qilib, investitsiyalar bir vaqtning о‘zida tovarlar 
taklifining oshishiga ham olib keladi, deb ta’kidlaydi. YE. Domar va R. Xarrod 
modellarida iqtisodiy о‘sishni rag‘batlantiruvchi omil sifatida investitsiyalar 
keltiriladi, chunki ular multiplikativ ta’sirga ega va shuning uchun barqaror 
о‘sishni ta’minlaydi. 
Ushbu modelda J. Keynsdan farqli о‘laroq takror ishlab chiqarish jarayoni 
uzoq muddatli davr dinamikasida tadqiq qilingan. Xarrod-Domar modeli bozor 
iqtisodiyotining о‘z-о‘zini boshqarish imkoniyatiga ega bо‘la olmasligini asoslab 
berdi. 


32 
Ushbu 
modelni 
respublikamiz 
iqtisodiyotida 
qо‘llaydigan bо‘lsak, 
mustaqillikning datlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda qator izchil islohotlar 
olib borilib, mamlakatda yalpi ichki mahsulotning о‘sishiga hamda iqtisodiy 
rivojlanishga bevosita ta’sir kо‘rsatayotgan investitsiyalarga katta e’tibor berib 
kelinmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy texnika va 
texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruksiya 
qilish uchun investitsiyalarni jalb qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Sо‘nggi 
vaqtlarda 
respublikamizda 
investitsion 
muhitni 
sog‘lomlashtiruvchi va 
mustahkamlovchi iqtisodiy-siyosiy vaziyat tendensiyasi hukm surmoqda. 
Qulay investitsion muhit qabul qilingan bir qator qonun hujjatlariga 
asoslangan. О‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar tо‘g‘risida”gi, “Chet el 
investorlarining huquqlarini himoya qilish kafolatlari va choralari tо‘g‘risida”, 
“Chet el investitsiyalari tо‘g‘risida”gi qonunlari, “Chet el investitsiyalari bilan 
bog‘liq korxonalarga rag‘bat va afzalliklar berish tо‘g‘risida”gi, “Chet el 
investitsiyalari bilan bog‘liq korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlar eksportini 
qо‘shimcha rag‘batlantirish chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi Prezident farmonlari va 
boshqa bir qator muhim hujjatlar shular jumlasidandir. 
Iqtisodiy о‘sishning yangi klassik ilk nazariyalari 1950-1960- yillarning 
chegarasida 
paydo 
bо‘ldi. О‘sha davrda iqtisodiy о‘sish sur’atlarini 
foydalanilmayotgan quvvatlar hisobiga emas, balki yangi texnikalarni joriy qilish, 
mehnat 
unumdorligini 
oshirish 
va 
ishlab 
chiqarishni 
tashkil 
etishni 
takomillashtirish hisobiga jadallashtirish muammosi birinchi о‘ringa kо‘tarildi. Bu 
yо‘nalish vakillari (amerikalik iqtisodchi Robert Solou va ingliz iqtisodchisi Jeym 
Smit va boshqalar) nazariyasining metodologik asosini ishlab chiqarish 
omillarining klassik nazariyasi tashkil etadi. Ma’lumki, bu nazariyada mehnat, 
kapital va yer ijtimoiy mahsulotni hosil qilishning mustaqil omillari sifatida talqin 
etiladi. Shu bilan birga, yangi klassik nazariyada ishlab chiqarish omillari egalari 
tomonidan olinayotgan daromadlar bu omillarning eng kо‘p miqdordagi 
mahsulotlari tomonidan belgilanishi g‘oyasi ilgari surilgan eng yuksak unumdorlik 
nazariyasiga ham tayanadi. 


33 
Neoklassik nazariyasi vakili Robert Solou (1924 yilda tug‘ilgan) о‘z modelida 
jamg‘armalar, mehnat resurslari о‘sishi va ilmiy-texnik taraqqiyotning aholi 
turmush darajasi va uning dinamikasiga ta’sir qilish mexanizmini aniqladi. Ushbu 
model iqtisodiy о‘sishning muvozanatli trayektoriyalarini tadqiq qilishga 
mо‘ljallangan bо‘lib, differensial tenglamalar tizimi shaklida namoyon bо‘ladi. 
Mazkur model о‘sayotgan asosiy kapitalning jon boshiga mahsulotlar ishlab 
chiqarish hajmini oshirishga olib kelishi mexanizmini kо‘rsatadi. R. Solouning 
asosiy xulosasi shuki, uzoq muddatda iqtisodiy о‘sish sur’atlari kapital qо‘yilmalar 
oshishiga emas, balki texnologik rivojlanish omiliga bog‘liq bо‘ladi. Shunday 
ekan, uningcha doimiy texnik rivojlanish va resurslardan samarali foydalanish 
iqtisodiy о‘sishning asosiy omillari hisoblanadi.
Dj. Mid modeli ham neoklassik asoslarga ega bо‘lib, iqtisodiy о‘sishni 
marjinalistik yondashuvlar orqali tushuntiradi. О‘z konsepsiyasini Dj. Mid 
“Iqtisodiy о‘sishning neoklassik nazariyasi” (1961 y.) nomli kitobida ifodalagan. 
Kobb Duglas funksiyasining zamonaviylashtirilgan (modernizatsiyalangan) 
variantidan foydalanib, Dj. Mid barqaror dinamik muvozanat qobilligi 
tenglamasini keltirib chiqaradi: 
Y=
a
R+βL+r (3) 
bu yerda: U - milliy daromadning о‘rtacha yillik о‘sish sur’ati; 
R - kapitalning о‘rtacha yillik о‘sish sur’ati; 
L - mehnatning о‘rtacha yillik zsish sur’ati;
a
- milliy daromadda kapitalning о‘sishi; 
β - milliy daromadda mehnatning о‘sishi;
r - texnik taraqqiyot sur’ati.
Mehnat va texnik taraqqiyot о‘sish sur’atlarini doimiy deb taxmin qilib Dj. 
Mid quyidagi xulosaga keldi: iqtisodiy о‘sishning barqaror sur’atiga kapital 
о‘sishning barqaror sur’atlari va uning milliy daromad о‘sish sur’atlari bilan 
tengligi sharoitida erishiladi. Agar kapital oshishining sur’atlari milliy daromad 
о‘sishi sur’atlaridan oshsa, unda bu jamg‘arish sur’atlarining о‘z-о‘zidan pasayish 
sur’atlariga olib keladi. Dj. Mid modelida davlat faqatgina pul-kredit siyosatidan 


34 
foydalanilgan holda barqarorlashtiradigan vazifani bajaradi. Faqatgina shu 
resurslarning zarur bandligi va barqaror iqtisodiy о‘sishning ta’minlaydigan 
daromad va jamg‘armalarning qayta taqsimlash mexanizmini yaratishga imkon 
beradi. 
Iqtisodiy о‘sishning zamonaviy nazariyalari shakllanishiga iqtisodiy о‘sishga 
turli omillarning ta’sirini о‘rganishga yо‘naltirilgan empirik tadqiqotlar ulkan hissa 
qо‘shdi. Bu sohada izlanishlar olib borgan eng yirik tadqiqotchilardan biri Edvar 
Denison (1915-1992 y.y.)dir. Amerikalik iqtisodchi inson omili ta’sirini о‘lchash 
uchun faqat ish kuchi soninigina emas, balki mehnat unumdorligining xodimning 
yoshi va jinsi, ma’lumoti va kasbiy tayyorgalik darajasiga bog‘liqligini ham 
hisobga olgan. 
E. Denisonning fikriga kо‘ra, mehnat unumdorligining iqtisodiy о‘sishga 
ta’siri quyidagi jarayonlar natijasida rо‘y beradi: 
- texnologik bilimlarning kengayshi yoki ishlab chiqarishni tashkil etishni 
takomillashtirish; 
- “boy berilganni qoplash”, ya’ni taraqqiy etgan davlatlar tomonidan qoloq 
mamlakatlarga amaliy bilimlarni taqdim etish. Bu qoloq mamlakatlarga 
rivojlangan davlatlarning eng maqbul iqtisodiy о‘sish darajasiga yaqinlashish 
imkonini beradi; 
- ishlab chiqarishning jismoniy omillarini joylatirishni yaxshilash hamda 
ularni eng yuqori samara beradigan tarmoq va mintaqalarda qо‘llash; 
- iqtisodiyot kо‘lamlarini kengaytirish, ayni paytda ishlab chiqarishni 
ixtisoslashni rivojlantirish va milliy bozorlarni rivojlantirish. 
Pol Romer (1955 yilda tug‘ilgan) va Robert Lukas (1937 yilda tug‘ilgan) 
1980 yillar oxiri va 1990 yillarning boshlarida Solou modelidan qoniqmagan holda 
endogen iqtisodiy о‘sish nazariyasini yaratdilar. Bu nazariya texnologik 
taraqqiyotni matematik tushuntirishni nazarda tutar edi va о‘z ichiga ishchilar 
faoliyati samarasini oshiradigan bilim, malaka va qobiliyatni ifodalaydigan inson 
kapitali tamoyilini ham olgan edi. Boshqa kapital shakllaridan farqli ravishda inson 
kapitalining rentabelligi о‘sish tendensiyasiga ega bо‘ladi. Shuning uchun 


35 
mamlakatning iqtisodiy о‘sishi kapital tо‘plangan sari sekinlashmaydi va iqtisodiy 
о‘sish sur’atlari kiritilayotgan kapital turiga bog‘liq bо‘ladi. Inson kapitalini 
oshiradigan omillar sifatida esa ta’lim va innovatsiyalar keltiriladi.
Yuqoridagilardan tashqari iqtisodiy о‘sishning boshqa yо‘nalish va oqimlarini 
ham 
keltirishimiz 
mumkin. 
Xususan, 
siyosiy 
iqtisod 
va 
sotsiologiya 
hamohangligida vujudga kelgan yangi oqim institusionalizm yо‘nalishidir. Bu 
yо‘nalishga Torsteyn Veblen (1857-1929- y.y.) asos solgan bо‘lib, uning asosiy 
g‘oyasi barqaror rivojlanishni ta’minlovchi iqtisodiyotning ishonchli ijtimoiy 
nazorat mexanizmini yaratish edi. Institusionalistlar neoklassiklardan farqli 
ravishda ratsional emas, balki real inson g‘oyasini ilgari surdilar. Ular fanlararo 
yondashuv asosida iqtisodiy tahlillarni psihologiya, antropologiya, huquq, 
biologiya elementlarini kiritib olib borganlar. Bunda “institut” atamasi ijtimoiy 
birlikni (oila, davlat, monopoliya) yoki muayyan guruh kishilar yoki butun 
xalqning psihologiyasi, о‘zini tutish motivlari, fikrlash tarzi, urf-odatlari, huquqiy-
axloqiy xususiyatlarini о‘zida mujassam etadi. 
XX asrning boshlarida Yozef Shumpeter (1883-1950- y.y.) iqtisodiy о‘sish va 
rivojlanish 
nazariyalarining 
asoslarini 
yaratdi. 
Ushbu 
nazariyalarning 
rivojlanishiga Saymon Kuznets, Fernan Brodel, Teodor Shuls, Geri Bekker, Maykl 
Porter, Nikolay Kondratyev va boshqa iqtisodchi olimlar о‘z hissalarini 
qо‘shganlar. Yozef Shumpeter birinchi bо‘lib iqtisodiyotning о‘sishi va 
rivojlanishi о‘rtasidagi farqni ajratib kо‘rsatdi va iqtisodiy о‘sishning asosiy kuchi 
sifatida innovatsiyalar mohiyatini tadqiq qildi. U о‘zining 1911- yilda birinchi 
marta nashr qilingan va asosiy ilmiy ishi bо‘lgan “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” 
nomli monografiyasida iqtisodiy о‘sishni aynan bir xil tovar va xizmatlar ishlab 
chiqarish va iste’mol qilishning vaqt о‘tishi bilan miqdoriy о‘zgarishi, ya’ni 
oshishi bilan ifodalaydi. Yozef Shumpeter iqtisodiy rivojlanishni mahsulot va 
xizmatlar ishlab chiqarish, boshqarish va boshqa iqtisodiy faoliyat turlari va hayot 
jabhalarida ijobiy sifat о‘zgarishlari va yangilanishi bilan ta’riflaydi.
6
6
B. Valiyev “Iqtisodiy о‘sish nazariyasining konseptual yondashuvlari”. Biznes-Ekspert, 2014 yil № 1-
son, 17-18-betlar.


36 
Agar barcha modellarini umumlashtirgan holda о‘rganadigan bо‘lsak, 
bugungi kunda ayni bir modelning iqtisodiyotda tо‘liq qо‘llanilayotganligini 
kо‘rishning iloji yо‘q deb о‘ylaymiz. Keynschilar bu borada iqtisodiy о‘sishni 
modellashtirishda asosiy e’tiborni investitsiya va davlat boshqaruviga qaratsa, 
neoklassiklar davlat boshqaruvini inkor etgan holda barcha ishlab chiqarish 
omillarining samadorlik jihatlarini ustuvor deb hisoblashadi. 2008- yilda 
boshlangan va bugungi kunda ham davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi shu narsani isbotlab berdiki, mamlakat iqtisodiyotining bozor 
qonuniyatlariga tо‘liq topshirilishi turli xil spekulyativ narxlarning vujudga 
kelishiga va natijada inqirozning muqarrarligiga zamin yaratadi. Shunday ekan 
iqtisodiyotga davlat aralashuvining meyoriy darajasi bozor qonunlarini tartibga 
solishga hamda vujudga kelishi mumkin bо‘lgan turli xil iqtisodiy xatarlarning 
oldini olishga olib keladi. 
Bizning fikrimizcha biror davlat о‘z iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish 
yо‘lida ayni bir iqtisodiy о‘sish modelini tanlamasdan, о‘z mamlakat tabiiy, 
ijtimoiy hamda iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda, aholining urf-odatlari, 
an’analari va mentalitetidan kelib chiqqan holda о‘z iqtisodiy о‘sish modelini 
ishlab chiqishi lozimdir. Shundan sо‘ng bu mamlakat iqtisodiyoti turli xil tashqi 
ta’sirlarga sezuvchanlik darajasi kamayadi va jahon iqtisodiyoti bо‘ylab sodir 
bо‘layotgan inqirozlarga qarshi chidamlilik darajasi yetarlicha yuqori bо‘ladi.

Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin