Tayanch so‘z va iboralar
Iqtisodiy о‘sish omillari tasnifi. Iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa
omillarning iqtisodiy о‘sishga ta’siri. Intensiv va ekstensiv omillar. Talab, taklif va
taqsimot omillari. Institusional omillar, ekologik omillar. Bevosita va bilvosita
omillar. Tabiiy resurslar soni va sifati. Mehnat resurslarining soni va sifati. Asosiy
kapital hajmi. Texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish. Jamiyatda
tadbirkorlik malakalarining rivojlanish darajasi. Bozorning monopollashuv
darajasining pasayishi. Iqtisodiyotdagi soliq muhiti. Kredit-bank tizimi
37
amaradorligi. Iste’mol, investitsiya va davlat xarajatlarining о‘sishi. Eksport
hajmining о‘sishi. Iqtisodiyotda resurslarni qayta taqsimlash imkoniyatlari.
Daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi.
III Bob bo‘yicha savollar
1. Iqtisodiy o‘sish omillarini necha guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin?
2. Iqtisodiy o‘sish omillarini tasniflang.
3. Iqtisodiy o‘sish modellarini izohlang.
4. Iqtisodiy o‘sishga ta’sir qiluvchi tashqi omillar qaysilar?
5. Intensiv va ekstensiv omillarni izohlang.
38
IV BOB. IQTISODIY O‘SISHNING HOZIRGI ZAMON NAZARIYALARI
Reja:
4.1. Inson kapitali va texnologiya
4.2. Faoliyat jarayonidagi ta’limning Pol Romer modeli
4.3. Lukas modeli
4.4. Mahsulot sifatining о‘zgarish modeli
4.5. Iste’mol tovarlar turlarini kengaytirish asosida endogen iqtisodiy
о‘sish modeli
4.1. Inson kapitali va texnologiya
Sо‘ngi yillarda inson karitaliga investitsiya qilish uzoq muddatli barqaror
iqtisodiy о‘sish omili sifitida qaralmoqda. Inson kapitali haqidagi ilk qarashlar
iqtisod siyosat va statistika otasi ingliz olimi Uilyam Petti (1623-1687) о‘z
ishlarida tо‘xtalib о‘tgan. Uning 1676 yilda yozilgan “Siyosiy arifmetika asarida”
inson kapitalini umumiy iqtisodiyotdagi ulushini hisoblashga harakat qilgan. Ingliz
iqtisodchisi о‘z asarida inson kapitalini barcha moddiy kapitaldan ustun qо‘ygan.
U Angliya aholisini 417 mln. funtga va uning qolgan moddiy boyligini 250 mln.
funtga baholagan.
Petti g‘oyalarini rivojlantirgan iqtisodchi olim Adam Smit (1723-1790)
bо‘lib hisoblanadi. Adam Smit individ qobilyati g‘oyasi ustida ish olib borgan. A.
Smit fikricha individlar qobilyati bilan bir biridan farq qilishadi va bu ularning
kamchiligi emas balki ustunligi bо‘lib hisoblanadi. Individ о‘z qobilyatidan kelib
chiqib ma’lum faoliyat turi bilan shug‘ullanadi. Ta’lim tarbiya jarayoni ham
qobilyatiga qarab olib borilishi kerak. Natijada esa shaxs о‘z qobilyati bilan
ma’lum faoliyat turi bilan shug‘ullanib undan kо‘proq daromad oladi deb fikr
yuritadi.
Agrar jamiyatda asosiy e’tibor yerlarning joylashuvi uning hajmiga qaratilsa,
industrial jamiyatda kapital hajmi, ya’ni resurslar hajmi ularning yaqinligi va bir
39
qator omillar e’tiborga olingan. Hozirgi informatsion davrda asini axborot tashkil
etib unda axborotning soni, sifati va turi mavjudligi jamiyatning ustunligini
belgilab bermoqda. Axborot davrining boshlanishidan to hozirgacha jamiyat va
informatsion texnologiyalar о‘rtasidagi aloqa tobora jadalllashib bormoqda, bu esa
о‘z navbatida inson kapitaliga bо‘lgan talabni oshishiga olib kelmoqda.
Umumiylashtirib aytish mumkinki agrar jamiyatda yer, industrial jamiyatda tabiiy
resurslar ustunlik qilsa informatsion jamiyatda ilmiy tadqiqot institutlar va
markazlar bо‘lib hisoblanadi.
Demak, iqtisodiyot rivojlanishi inson kapitali konsepsiyasini shakllanishiga
va uni jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi bо‘lishiga sabab bо‘lgan.
Zamonaviy inson kapitali nazariyasi Gerri Bekker (1930) tomonidan “Inson
kapital” (1964) nomli asarida shakllantirilgan. Uning fikricha, inson kapitali
quyidagi elementlardan tashkil topgan: individ bilimi, ishlab chiqarishdagi
malakasi
va
motivatsiY.
G.
Bekker
fikricha
inson
kapitali
texnika
texnologiyalardan ham yuqori kapital qaytimiga ega bо‘lib, uni rivojlantirish
uchun kelajakdagi mutaxasislarni о‘qitish, ishlayotganlarning malakasini
oshirishga investitsiya qilish zarur deb hisoblaydi.
Iqtisodchi olimlar olib borgan natijalarida kо‘ra inson kapitalini ikki
aspektga bо‘lishadi:
1.
Inson kapitali zaxira sifatida.
Inson kapitali – insonda mavjud zaxira sog‘ligi, bilimi, tajribasi, qobilyati,
motivatsiyalar orqali mehnat samaradorligini oshishi va natijada daromadning
kо‘payishiga olib keladi. Odatda uning tarkibiga quyidagilarni ajratib
kо‘rsatishadi:
-
Tug‘ma qobilyati;
-
Ma’naviyati;
-
Umumiy va maxsus bilimlari;
-
Bilimlarini kerakli joyda kerakli paytda foydalana bilishi.
2.
Inson kapitali daromad oqimi sifatida.
40
Inson kapitaliga kapitalni yо‘naltirish asosiy aktiv sifatida uni butun umri
davomida daromad keltirish manba’siga aylanadi.
Inson kapitali haqidagi nazariyani paydo bо‘lishi, sо‘ngi yillarda nomoddiy
kapital yig‘ilishi inson rivojlanishiga olib keldi. Inson kapitali deganda insonnning
barcha samaradorlik kо‘rsatkichlari tushuniladi, ya’ni bilim egallash, malaka
oshirish, hamda motivatsiya va energiyalarni iqtisodiy samaradorlikni oshirishga
ishlatiladi. Odatda inson kapitaliga kiritilgan investitsiyalar deganda ta’lim,
tarbiya, sog‘likni saqlash, hamda insonnni qayta tayorlash va malakasini oshirish
uchun qilingan xarajatlar tushuniladi.
Umuman olganda
inson kapitali
-
yuqorida aytilganidek mehnat unumdorligi
yoki malakasining oshishi faqatgina ularga kiritilgan investitsiya orkali
ko‘paytirish mumkin. Bu jarayon ta’lim (bilim) deya yuritiladi, ammo aytib
о‘tganimizday bu jarayonni ishdan uzluksiz ravishda ham olish mumkin. Biz
daromadni kiskarib ketish konuniyatini rad etishimiz mumkin, agarda, biz bir
vaqtning о‘zida investitsiyani inson kapitaliga hamda fizik kapitaliga kiritsak. Bu
model doimiy samaradorlikni nazarda tutganligi uchun (fizik va inson
kapitallarining yig‘indisidan olinadigan doimiy daromad), unda agar fizik va inson
kapitalini ikki barovarga oshirsak, u holda bizda ikki barobar daromad olish
imkoniyatlari buladi.
Inson kapitalini yoki malakani oshirishning asosiy omili bо‘lib uzluksiz
ravishda olib boriladigan ta’lim tizimi hisoblanadi. Insonlar maktab va boshqa
о‘quv muassalarida ta’lim olib ish haqlaridan voz kechkanlar deb hisoblaymiz.
Chunki agarda ular ta’lim olish о‘rniga biron bir korxonada ishlab yurganlarida
ma’lum bir maosh olishgan bо‘lishar edilar. Bunday jarayonni iqtisodchilar inson
kapitaliga kiritilgan investitsiya deb yuritadilar.
Umumlashtirib iqtisodiy о‘sishni qaysi alternativ yulini tanlashimiz lozim?
Birinchi variantni biz elitizm deb atagan edik: ma’lum bir gurux insonlar yaxshi
ma’lumot oladilar, chunki iqtisodiyot rivojlanishi ularning qay darajada davlatni
boshqarishiga bog‘liq. Bu nazariyaga kо‘ra agar yetakchilar yaxshi ma’lumotga
ega bо‘lsalar u holda mamlakat barqaror rivojlanadi deb yuritiladi.
41
Ikkinchi variantni biz universalizm deb atadik: xar bir inson minimum bilim
olishi kerak. Bu variantning mazmuni shundan iboratki, xar bir ishchidan iqtisodiy
о‘sish yangi texnologiyalarni tez ravishda kiritilishi kerak ekanligidadir. Oxirgi 30
yillar ichidagi Sharqiy osiyodagi iqtisodiy о‘sish avval tikuvchilik, keyin soatlar va
radiomaxsulotlar ishlab chiqarishdan boshlangan. Sifat darajasi bu davlatlarda asta-
sekinlik bilan oshib bordi, va undan keyin esa bu davlatlar boshqa davlatlarga
moliyaviy yordam kо‘rsatishni boshladilar.
Bunday iqtisodiy tizimda har bir ishchi turli xil kasblarni egallashi lozim.
Shuning uchun bunday sharoitlarda, shunday ta’lim sistemasi to‘zilishi kerakki, bu
ta’lim tizimi ishchilar uchun turli xil kasblarni egallashiga kо‘maklashishi kerak.
Oxirgi 30 yillar ichida inson kapitalini tо‘plash modeli uneversalizmga asoslangan
bо‘lib, u elitizmga asoslangan modelidan kо‘ra afzalliroqdir.
Dostları ilə paylaş: |