tishmachoq kabi o‘nlab kichik-kichik sahnalardan iborat
bo‘ladi. San’atshunoslik sohasi bo‘yicha fikr yuritsak, har bir
to‘y ma’lum hududda yashovchi xalq tomonidan ko‘p yillar
mobaynida maxsus ishlab chiqilgan ssenariy asosida o‘tkazi-
ladi.
Faqat uning ishtirokchilari, ayrim
odatlari, sababchi-
lari, uyushtirish sifati, darajasi, oilaviy va hudud sharoiti
taqozosi bilan boshqa bo‘ladi. Millat vakillarining
an’analari, odatlari, rasm-rusumlari, mentaliteti (tabiati)
ana shu ssenariyda, ya’ni marosimni o‘tkazishda o‘ziga xos
lavhalardan iborat. Insonning tug‘ilishi, uylanishi, turmush-
ga chiqishi bor ekan, marosimlar ham bo‘laveradi. Demak,
marosimlar xalq tarixidagi eng qadimgi qadriyatlar
hisoblanadi. Qadim zamonlarda
yigit qizga uylanish uchun
o‘zining jismoniy quvvatini u bilan kurash tushish yoki
boshqa yo‘l bilan namoyish qilishi zarur edi. Zamonlar
o‘tishi bilan bu odat yo‘qolgan. Uning o‘rniga yangi-yangi
odatlar paydo bo‘lgan. Marosimlar o‘tkazilish vaqti, ko‘ri -
nishlari, odamlarning ishtiroki, maqsadiga ko‘ra mavsumiy
va oilaviy-maishiy turlarga bo‘linadi.
Jumladan, mavsumiy marosimlarda qon-qarindoshlik
jihatidan yaqinlikdan qat’i nazar, ma’lum
hududda yashay-
digan butun aholi ommaviy tarzda ishtirok etadi. Navro‘z,
Mehrijon, Ramazon hayiti, Qurbon hayit kabi yirik bayram-
marosimlar ham borki, ularni bir yoki bir necha xalq vakil-
lari o‘tkazadilar. Shox moylar, Sust xotin marosimlari esa
kichik
bir qishloq, mahalla yoki juda bo‘lmaganda tuman
miqyosida uyushtiriladi. Oilaviy marosimlarda esa asosan
marosim egasining qarindoshlari, do‘st-birodarlari, hamkasb
xizmatchilar qatnashadilar. Ammo marosimlar turidan,
maqsadidan qat’i nazar, jamoadagi odamlarni bir-biriga
yaqinlashtirishi, o‘rtada mehr-oqibat tushunchalarini shakl-
lantirishi, har bir odamni topshirilgan
vazifani bajarish ruhi-
da mas’uliyatli qilib tarbiyalashi bilan ahamiyatlidir.
Dostları ilə paylaş: