Integratsiya lotincha integration tiklash, tо‘ldirish, integer-
butun sо‘zidan kelib chiqqan.
Bu borada ikki tushunchaga egamiz:
1. Tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va
vazifalarning bog‘liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu
holatga olib boruvchi jarayon.
2. Tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan
fanlarni yaqinlashtirish jarayoni.
Integrativ yondashish turli darajadagi tizimli aloqalarning
obyektiv yaxlitligini aks ettiradi (tabiat-jamiyat-inson). U tizim
elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik darajasini oshirishga olib
keladi.
Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bog‘liqlik hajmi oshadi
va tartibga tushadi, shu tizim qismlarining ishlashi va о‘rganish
obyektining yaxlitligi tartibga solinadi. Zamonaviy didaktika va
metodikada ta’kidlanishicha, о‘quvchilarni о‘qitish, rivojlanishi
va tarbiyasining muvaffaqiyatlari ularda dunyo birligi haqida
91
tushunchani shakllanganligini, о‘z faoliyatlarini umumiy tabiat
qonunlari asosida yо‘lga solish zaruriyatini tushunishlari,
tabiatshunoslik kursida fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarni
yecha olishlari bilan bog‘liq. Ta’limdagi integratsiya о‘quv fanlari
mazmunini konstruksiyalashga tizimli yondashish orqali kо‘rib
chiqiladi [26; 99-b.].
Differensial ta’lim.
Rivojlangan mamlakatlarda ommaviy
о‘rta maktablarning yaratilishi ta’lim-tarbiya differensiyasi
muammosini yanada keskinlashtirdi. Bunday holat umumiy ta’lim
diversifikatsiyasining sifat darajasi boshqacha tizim zaruratini
keltirib chiqardi. О‘quvchilarning iqtidori, qiziqishi, о‘zlashtirishiga
kо‘ra differensial tayyorgarlikni kuchaytirish va murakkablashtirish
– zamonaviy maktabning global yо‘nalishiga aylandi.
Differensiyaning asosiy shakllari – о‘quv muassasalarini
turli tiplarga bо‘lish, bir maktab ichida potok va profillarga,
sinfda guruhlarga ajratish nazarda tutiladi. Differensial ta’lim
muammosi bir xil hal bо‘lmaydi va qarama-qarshiliklarga ega.
Ijtimoiy tomondan differensiya ijtimoiy tanlov usuliga aylanadi.
Pulli ta’lim va imtihonlar tizimi bunda tanlov vositasi bо‘lib
hisoblanadi. odatda tabaqalanish (differensiya) boshlang‘ich
maktabni bitirgandan keyin boshlanadi. U turli tipdagi ta’lim
muassasalarida amalga oshiriladi. Masalan: Angliyada grammatik
va zamonaviy maktablarda, Germaniyada real bilim yurti,
gimnaziya va asosiy maktablarda, Fransiyada texnologik, kasbiy
va umumta’lim litseylarda, Rossiyada oddiy о‘rta maktab, litsey,
kollej, gimnaziyada va b. Bu о‘quv muassasalarida differensiyaning
asosiy о‘ziga xos belgisi dasturlardir. Bir о‘quv muassasasi doirasida
differensiya keng yoyilgan. Masalan, AQSH va Yaponiya katta о‘rta
maktablarida 2 tipdagi umumta’lim va maxsus dasturlar mavjud.
Ular turli qirralarda о‘quvchilarning turli guruhlarini о‘rganishadi.
Germaniyada gimnaziya ta’limning 6 profilini taklif etadi [26; 102-
b.], asosiy maktab esa differensiyani kkAM tizimi asosida amalga
oshiradi. Unga kо‘ra ta’lim dasturning quyidagi variantlariga kо‘ra
tashkil qilinadi: kasbiy kurs(k), kengaytirilgan kurs (k), asosiy kurs
(A), moslashtirilgan kurs (M).
Tо‘liqsiz о‘rta maktab differensiya vositasi hisoblanadi. 1930-
yil AQShda, 1950-yil Yaponiyada, 1970 – 1980-yillar G‘arbiy
Yevropada, 1990-yil Rossiyada differensial ta’lim amalga
92
oshiriladigan о‘quv muassasalari paydo bо‘la boshladi. Bu
yerda gap AQSH va Yaponiyadagi kichik о‘rta maktab, Buyuk
Britaniyadagi birlashgan maktab, Germaniyadagi yagona kollej,
Rossiyadagi 6 yillik о‘rta ta’lim maktabi haqida ketyapti. Bu kabi
ta’lim muassasalarida 11-12 yoshdan 15-16 yoshgacha bо‘lgan
о‘quvchilar о‘qitiladi.
Bu о‘quv muassasalarda tabaqalanishning pedagogik
asoratlari ijobiy. Tabiiy maqsadga yо‘naltirilgan xarakterga ega,
turli guruh о‘quvchilari imkoniyatlari hisobga olinadi. Umumiy
dastur о‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini oshirishga
mо‘ljallangan. Masalan, Fransiyadagi ilk yagona kollejlarda yaxshi
о‘zlashtiruvchilar foizi shu yoshdagi parallel ta’lim muassasalarida
yaxshi о‘zlashtiruvchilar sonidan yuqori chiqdi. AQSH va Yaponiya
kichik о‘rta maktablarida tо‘liqsiz о‘rta ta’lim beriladi. Mazkur
dastur qator afzalliklarga ega. Tanlov fanlar ta’limni davom ettirish
yoki mehnat faoliyatini boshlashni nazarda tutadi.
1950-yil oxirida DJ.Konant boshchiligidagi pedagoglar
guruhi umumqamrab oluvchi maktab modelini taklif etdi. Bu
model bо‘yicha umumta’lim о‘quv muassasasida ijtimoiy daraja,
qobiliyat, qiziqishidan qat’i nazar barcha bolalar о‘qishadi, lekin
turli-tuman ta’lim dasturlari amalga oshiriladi. konant tavsiyalari
AQShdagi kichik о‘rta maktablarda differensial ta’limni joriy
qilishda foydalanildi. Buyuk Britaniyada birlashgan maktablar
kichik grammatik sinflar va zamonaviy maktablarni о‘z ichiga
oladi. Ilk 3 yillikda о‘quvchilar zamonaviy maktab dasturi bо‘yicha
shug‘ullanadilar, keyin yoki shu dasturni davom ettiradi, yoki gram-
matik maktab dasturi bо‘yicha о‘qishadi. Birlashgan maktablarda
yoshiga kо‘ra 90% о‘smirlar shug‘ullanadilar [26; 103-b.].
Germaniyada umumiy maktablarda yoshiga kо‘ra 5%
о‘quvchilar tahsil olishadi. Umumiy maktabning kooperativ va
integral tiplari yuzaga keldi. kooperativ maktablar asosiy, real
maktab va gimnaziyalarni birlashtirdi. 9-sinfdan keyin о‘quvchilar
asosiy maktabdagi kabi diplom oladilar, 10 sinfdan keyin esa
diplom real maktab va gimnaziyaning о‘rta bosqichiga teng keladi.
kooperativ maktablarda mashg‘ulotlar majburiy va elektiv dastur
birgaligida amalga oshiriladi.
Fransiyada yagona kollejlarda guruh bо‘yicha ta’lim doimiy
tashkil etiladi. Turli tipdagi guruhlar tuziladi: gomogen guruhlar-
93
tayyorgarlik darajasi bir xil, yarim gomogen guruhlar-tayyorgarlik
darajasi yaqin, geterogen-tayyorgarlik darajasi har xil. Guruhlarga
о‘qituvchilar, psixologlar, yо‘nalishlari bо‘yicha maslahatchilar
tavsiyasiga kо‘ra bо‘linadi. Guruhlar maktab dasturi variantlarini
о‘zlashtiradilar. Ikkita bitiruvchi sinfda kuchli va kuchsiz bosqichli
guruhlar yuzaga keladi. Bu ikki xil guruhni bitirgan kollej
о‘quvchilariga ta’limning keyingi tiplari tavsiya etiladi.
Yaponiya maktablarida guruhli ta’lim yaxshi mavqega ega,
uni musobaqa tarzida tashkil etishadi. sinfdagi guruhchalar kim
kо‘p ingliz tilidagi sо‘zlar, iyeroglif va she’r yod olish bо‘yicha
bellashadilar. Baho butun guruhga qо‘yiladi. Yapon pedagoglari
guruhli ta’limga har xil nuqtayi nazar bilan qarashadi. Guruhli ta’lim
pedagogik jihatdan tо‘g‘ri, lekin guruhlarda shug‘ullanuvchi bolalar
va о‘smirlar dunyoqarashini toraytirish xavfi bor, deb hisoblashadi.
Masalan, guruhni kuchlilar va zaiflar guruhiga bо‘lganda 2ta holat
yuzaga keladi: yoki kuchlilarga, yoki kuchsizlarga e’tibor qaratiladi,
bu har ikkala guruhga ham zarar [26; 104-b.].
Xulosa qilib aytganda, xorijiy mamlakatlarning maktabgacha
ta’lim tizimlarini o‘rganish, ularning ilg‘or tajribasini tahlil
etish va respublikamiz sharoitiga moslashtirish bo‘yicha aniq
chora-tadbirlarni ishlab chiqish maktabgacha ta’lim tizimini
takomillashtirishga imkon yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |