148
jamoada mehnat qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash muhim rol
o‘ynaydi. Mehnatga ruhiy, aqliy va amaliy tayyorlash jarayonida
yoshlarda mehnatsevarlik, shijoat, fidoyilik, halollik,
intizomlilik
kabi sifatlar shakllanishi bilan birga ularda axloqiy-irodaviy
xususiyatlar ham shakllanib boradi. Ayniqsa, mehnat madaniyati
ko‘nikmalarini tarbiyalay borish muhim ahamiyat kasb etadi.
shunday ekan, mehnatni sevmaydigan va qadrlamaydigan
insondan madaniyatli kishi chiqmaydi. Insonning ongliligi,
tarbiyalanganligi avvalo, mehnatga bo‘lgan munosabatida
ko‘rinadi. Mehnat insonni ulug‘laydi, go‘zallikka chorlaydi.
Mehnatsiz turmush mazmunsiz, deyiladi. Mehnat qilmaydigan
insonning hayoti zerikarlidir. Unday inson ma’naviy qashshoq va
jismonan zaif bo‘ladi. Uzoq umr ko‘rishning siri ham mehnatdir.
Mehnat qilmasang hatto iste’dod ham so‘nadi.
Mehnat har
qanday qobiliyatni rivojlantiradi. Mehnatga bolalar dastlab oilada,
maktabgacha tarbiya muassasalarida va tarbiya jarayonining
butun tizimida o‘rgatilib boriladi. Bolalar bog‘chasida va oilada
bajariladigan uncha murakkab bo‘lmagan har bir topshiriq uning
kundalik vazifasiga aylanishi kerak. Bola mehnatning ahamiyati va
madaniyatini tushunib yetishi uchun pedagog kattalarning mehnati,
bolalarning o‘zlari bajaradigan mehnat turlarini kuzatish yuzasidan
ekskursiyalar uyushtiradi. Bolalarning har xil mehnat jarayonida
ishtirok etishi, kattalar mehnati bilan tanishishi, ularning tevarak-
atrofdagi hayot, kishilarning o‘zaro munosabatlari to‘g‘risida,
narsalar
va ularning xususiyatlari, materiallarga ishlov berish
usullari, qurilmalar va asboblar to‘g‘risida muayyan taassurotlarga
ega bo‘lishlariga yordam beradi [25; 96-b.].
Mehnat bolalardan diqqat, o‘tkir zehn, topqirlik, ijodkorlik
qobiliyatlarini egallashni talab etadi. Mehnat jarayonida bolalar
ayrim ish turlarini (bir varaq qog‘ozni buklash,
biror bir shaklni
andozaga qarab qirqish, kerakli uzunlikni o‘lchash kabi harakatlarni)
anglatuvchi bir qancha tushuncha va atamalardan foydalanishga,
bajarilgan ishdagi izchillikni berishga to‘g‘ri keladi. Bu bola
nutqini yangi so‘zlar bilan boyitadi, fikrlashi,
dunyoqarashini
shakllantirishga imkon beradi. Mehnat har bir yosh guruhidagi
bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan, unga to‘g‘ri
nazorat yoki rahbarlik qilgandagina ijobiy natija berishi mumkin.
V.I.Loginovning ta’kidlashicha, bolalarga mehnat tarbiyasi berish
149
uchun ular mehnat va mehnat malakalari to‘g‘risidagi bilimlar
tizimini o‘zlashtirib olishlari kerak bo‘ladi:
1. Mehnat maqsad va uning natijasini belgilab olishdan
boshlanadi (maqsad – mehnat tasviri).
2. Mehnat qilishdan ko‘zlangan maqsad bo‘yicha kerakli
materiallarni tanlab ajratib olish.
3. Materialni ishlash uchun kerakli asboblarni
tanlab ajratib
olish.
4. natijaga erish ish uchun mehnat harakatlarini bajarish.
shunday qilib, maktabgacha tarbiya yoshi davrida mehnat
faoliyati shakllantiriladi. Maktabgacha tarbiya yoshi davrining
o‘ziga xos tomonlaridan biri bolalar mehnatining o‘yin bilan
bog‘liqligidir. o‘yin jarayonida biror harakat doimo biror mehnat
jarayonini aks ettirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ikkinchi tomondan,
mehnat jarayonini bajarishda uni o‘yin shakliga aylantirishadi.
Mehnat tarbiyasining vazifasi xilma-xil bo‘lib, ularni guruhlar
bo‘yicha quyidagicha turkumlarga ajratiladi [25; 97-b.]:
Dostları ilə paylaş: