Педагогика indd


Maktabgacha ta’lim bo‘yicha metodik ishlarni tashkil



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

Maktabgacha ta’lim bo‘yicha metodik ishlarni tashkil
qilish vazifalari, mazmuni va shakllari
o‘zbekiston Respublikasi «Maktabgacha ta’lim va tarbiya 
to‘g‘risida»gi qonunining 10-bobida maktabgacha ta’lim va tarbiya 
tizimining ilmiy-uslubiy ta’minoti, maktabgacha ta’lim va tarbiya 
tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalari berilgan. 
shuningdek, 52-moddada maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining 
ilmiy-uslubiy ta’minoti quyidagilar amalga oshiradi:
o‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning 
tasarrufidagi ilmiy-uslubiy muassasalar;
o‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, tegishli tarmoq 
ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim tashkilotlari;
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining rahbar va pedagog 
kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish 
institutlari (kurslari) [3].
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy 
ta’minotini qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ilmiy va ta’lim 
tashkilotlari ham amalga oshirishi mumkin. 
53-moddada esa maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-
uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalari quyidagilardan iboratligi 
belgilangan:
ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texno-
logiyalarini joriy etish;


153
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-uslubiy va 
didaktik materiallar ishlab chiqish va ishlab chiqarish;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib 
borish;
maktabgacha ta’lim va tarbiyani boshqarishning zamonaviy 
uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga joriy etiladigan ta’lim 
uslublari va dasturlari samaradorligini tahlil qilish hamda baholash [3].
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat va uni rejalashtirish
o‘quv-tarbiyaviy jarayon «o‘zbekiston Respublikasining 
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan 
davlat talablari» asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim 
muassasasi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni o‘quv yili bo‘yicha tashkil 
qiladi. o‘quv yili 2 sentyabrda boshlanadi va 31 maygacha davom 
etadi. 1 iyundan 31 avgustgacha MTMda yozgi sog‘lomlashtirish 
davri tashkil etiladi [12; 11-b.]. 
o‘quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish. o‘quv-tarbiyaviy 
jarayon guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog 
tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o‘yinlari, 
bo‘sh vaqt va o‘quv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat 
amalga oshiriladi. o‘quv-tarbiyaviy jarayon ta’lim va ijtimoiy 
ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish 
maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga asoslanuvchi o‘quv 
rejaga muvofiq olib boriladi. O‘quv-tarbiyaviy jarayon bola hayoti 
va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun 
mavzuga birlashtiriladi. o‘quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish 
ta’lim sharoitlariga bog‘liq holda integratsiya, xilma-xillik va 
moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi. o‘quv-tarbiyaviy 
jarayonda quyidagi rejalashtirish turlari qo‘llaniladi: 
yillik mavzuviy; haftalik.
Rejalashtirishda ta’lim jarayonining mavzusi, maqsadlari, 
mazmuni va turlari yoritiladi. Jarayon turlarini tanlashda nafaqat 
o‘quv-tarbiyaviy jarayonning umumiy maqsadlari, balki rivojlanish 
sohalari bo‘yicha maqsadlar, faoliyat mazmuni va turlarini 
integratsiyalash ham hisobga olinadi. Rejalashtirishda kun tartibini 


154
hisobga olish zarur. kun tartibi ish sur’atini belgilaydi va bolaga bir 
faoliyatdan boshqasiga oson o‘tishda yordam berishi lozim. shuni 
yodda tutish joizki, o‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy 
faoliyati hisoblanadi. kun tartibini tuzishda kunduzgi uyqu, dam 
olish vaqti va sayrga chiqish vaqti hisobga olinadi.

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin