JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 3 (June) ISSN: 2181-3000
Page 92
MEHNAT SALOHIYATI VA UNING IQTISODIY MAZMUNI
Iskandarov Bekzod Abdijalilovich
SamISI “Iqtisodiyot nazariyasi”
kafedrasi katta o’qituvchisi
e-mail:
bekzodiskandarov1988@gmail.com
Annotasiya.
Maqolada mehnat salohiyati va uning iqtisodiy mohiyati, olimlar
tomonidan mehnat
salohiyatini tasniflanishi, tashkilotning mehnat salohiyati talqini
va istiqbollari yoritib berilgan.
Kalit so’zlar:
Salohiyat, tashkilot, mehnat resurslari, mehnat salohiyati,
xodimning mehnat salohiyati, tashkilotning mehnat salohiyati, korxonaning mehnat
salohiyati, jamiyatning mehnat salohiyati.
Annotation.
The article describes the labor
potential and its economic
significance, the classification of labor potential by scientists, the interpretation and
prospects of the labor potential of the organization.
Keywords:
Rotential, organization, labor resources, labor potential, labor
potential of the employee, labor potential of the organization, labor potential of the
enterprise, labor potential of the society.
Qurilish sohasida korxonalarning salohiyatini oshirish bugungi kunda
sohaning eng dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. “Kadrlar tayyorlash sifatini oshirish
va ilmiy salohiyatni rivojlantirish “aqlli” shahar qurilishining
asosiy poydevori
hisoblanadi. Ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishda zamonaviy va innovasion uslublarni
qo’llashning samaradorligi xalqaro e’tirof darajasini, yangi iste’dodlar paydo
bo’lishining natijadorligini oshirish, mutaxassislarning arxitektura va qurilishga oid
dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek, raqobatbardosh ilmiy ishlanmalarga
mualliflik huquqlarini faollashtirish imkonini beradi”.[1]
Har qanday xo’jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy o’sishi
birinchi
navbatda iqtisodiy salohiyatning ajralmas qismi sifatida mehnat salohiyati hisobiga
bo’ladi. Mehnat salohiyati, bir tomondan, mehnatga layoqatli yoshdagi aholining
ajralmas xarakteristikasi bo’lsa, boshqa tomondan, u inson salohiyatining o’ta muhim
va ajralmas qismi hisoblanadi. Mehnat salohiyati - bu iqtisodiy munosabatlar tizimini
ifodalovchi iqtisodiy kategoriya, uning asosini mulkiy munosabatlar tashkil etadi. Bu
mehnat salohiyatiga oid munosabatlar tizimining iqtisodiy asosiga aylanadigan
shaxsning shaxsiy mulki hisoblanadi. Ushbu munosabatlarning obyektlari turli xil
inson kuchlari bo’lib, ular mehnat jarayonini ta’minlaydigan mehnat salohiyatini
tashkil etadi. Ushbu tarkibiy
qismlarni ularning tashuvchisi, shaxsning o’zi, ishchi
bilan ajratib bo’lmaydi. Mehnat salohiyati harakatining manbai bu ish uchun olingan
kuchlar bo’lib, ular uchun dastlabki asos insonning tabiiy kuchlari hisoblanadi.
Olimlarning ilmiy izlanishlarida mehnat salohiyatiga ta’rif berishda yagona
to’xtamga kelimaganligini tan olish lozim. Bizlar qator olimlarning ushbu masalaga
oid adabiyotlarni tahlil qilib chiqdik.
JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 3 (June) ISSN: 2181-3000
Page 93
G.V.Yakshibayevaning fikricha
mehnat salohiyati - bu "...ishchiga, mehnat
jamoasiga va mehnatga layoqatli aholisiga mintaqa yoki mamlakatning jismoniy,
intellektual va ma’naviy-ijodiy ish (mehnat faoliyati) uchun to’liq va huzurida
bo’lgan qobiliyatining sifatli va miqdoriy ifodasi, ushbu qobiliyatni amalga oshirish
uchun bepul imkoniyat” [2]. Bunda muallif mehnat salohiyatini faqat mehnat
qobiliyati bilan bog’laganligi keyingi izlanishlarda umumiylikka olib keladi.
N.I.Shatalovaning ishlanmalarida mehnat salohiyatiga
aholining mehnat
faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari majmui sifatida qaralishi mumkin, bunda
mintaqaviy, milliy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, shuningdek, uning rivojlanishiga
ta’sirini hisobga olish mumkin, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish
munosabatlari deb ta’rif berilgan[3]. Ushbu tadqiqotda mehnat salohiyati jamiyatning
resursi sifatida tan olingan bo’lib, alohida shaxs va tashkilotlar
miqyosida uning
namoyon bo’lishiga e’tibor qaratilmagan.
Q.Abdurahmonov tomonidan olib borligan izlanishlarda inson resurslarining
eng muhim qismi - bu mehnat salohiyatidir. Salohiyat - bu ma’lum maqsadlarga
erishish va muayyan muammolarni hal qilish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan
imkoniyatlar, boshqa tomondan, "qobiliyatlar va moyillik rivojlanishi mumkin
bo’lgan qulay sharoitlar mavjud bo’lganda, ma’lum funksiyalarni samarali bajarish
qobiliyati. "ko’nikma va malakalarning darajasi"[4]. Bunda muallif mehnat
salohiyatini alohida xodimlarning qobiliyati va ko’nikmalariga bog’lashi ahamiyatga
molikdir.
A.Ya.Kibanov fikricha - Mehnat salohiyati - bu uning mehnat faoliyatida
ishtirok etish
imkoniyati va chegaralarini, muayyan sharoitlarda ma’lum natijalarga
erishish qobiliyatini, shuningdek, mehnat jarayonining yaxshilanishini belgilaydigan
jismoniy va ma’naviy fazilatlar majmui. [5]
N.M.Rimashevskaya,
V.K.Bochkarevalar
tadqiqotlarida
keltirilgan
ta’rifda “insonning ham, ishchilarning turli guruhlarining ham, umuman jamiyatning
ham barcha mehnat imkoniyatlari majmuasini ifodalaydi”. [6]
Boshqa ayrim adabiyotlarda keltirilgan ta’riflarda mehnat salohiyati – jamiyatning
mehnat sohasidagi imkoniyati, quvvatlari, yoki mehnat salohiyati jismoniy
imkoniyat, ma’lumot,
kasb-kor, malakaga ega bo’lgan ishlab chiqarishda ishtirok
etishga layoqatli bo’lgan barcha fuqarolarni o’z ichiga olishi sifatida ham ko’rib
chiqilgan.
Izlanishlar shuni ko’rsatdiki, "mehnat salohiyati" atamasining shakllanishi va
ishlatilishi haqidagi savollar nafaqat iqtisodchilar, balki demograflar, faylasuflar,
sosiologlar va boshqa bilim sohalari mutaxassislari tomonidan muhokama qilingan.
Shu bilan birga “Mehnat salohiyati” atamasining to’liq ta’rifi berilmaganligi ushbu
iqtisodiy kategoriyaning murakkabilgida va keng qirraligida deb hisoblaymiz. Shu
munosabat bilan mehnat salohiyatining mazmunini to’liq yoritish uchun uni bir
qancha darajada ko’rib chiqilishi
lozim deb hisoblaymiz, ya’ni jamiyat, mamlakat,
tashkilot, korxona, xodim va alohida shaxsning mehnat salohiyati turlicha talqin
qilinishi lozim. (1-jadval)