Risola nomi
Bahr
ning
kel
-
tirilish o
‘rni
Bahr mansub
doira
Musamman
vazn
lar
Musaddas vaznlar
Murabba’
vaznlar
Mutatav
-val
vaznlar
Jami
«Funun ul-balog‘a»
3
8
3
1
1
13
«Mezon ul-avzon»
3
Mu’talifa
7
4
2
1
14
«Aruzi Sayfiy»
3
Mujtaliba
12
7
19
«Risolai aruz»
3
Mu’talifa
7
5
2
14
«Aruz risolasi»
5
Mujtaliba
38
13
6
2
59
«Badoyi’ us-sanoyi’»
8
Mujtaliba
–
–
–
–
1
Ҳасанов С. Бобурнинг «Аруз рисоласи». – Тошкент: Фан, 1981. – Б.77.
Biz temuriylar davrida yaratilgan aruzga doir risolalarda
bahrlar masalasini qiyosiy jihatdan o‘rganish asnosida quyi-
dagi xulosalarga keldik:
1. Xalil ibn Ahmad yaratgan aruz tizimida 15 ta bahr
(Ta-
vil, Madid, Basit, Vofir, Komil, Hazaj, Rajaz, Ramal, Sari’, Mun
-
sarih, Muzori’, Xafif, Muqtazab, Mujtass
va
Mutaqorib)
mavjud
edi, keyinchalik uning izdoshi Abulhasan Axfash Balxiy ush
bu bahrlar qatoriga yana bir bahr
(Mutadorik)
ni qo‘shib, arab
bahrlari sonini 16 taga yetkazdi. Bu ko‘rsatkich arab tilida un
dan keyin yaratilgan manbalar: Mahmud Zamaxshariyning
«Al-qistos», Abu Zikriyo Xatib Tabriziyning «Al-kafi fil aruz
val qavofiy», Abu Jaysh al-Ansoriy Andalusiyning «Aruzi An
dalusiy» va boshqa asarlarda aynan takrorlandi.
2. Forsigo‘y aruzshunoslar Xalil ibn Ahmad ta’limoti
ni mukammalashtirib, bahrlar sonini ko‘paytirdilar. Bahrom
Sa raxsiy, Buzurgmehr Qosimiylar aruzning yangi bahrlarini
kashf etdilar. Bizgacha yetib kelgan aruzga doir ilk forsiy asar
«Al-mo‘jam»da mavjud 16 ta bahrga yana uchta bahr (
G‘arib,
Qarib, Mushokil
) qo‘shilib, 19 ta bahr tahlilga tortilgani hol
da, risolada aruzshunoslar kashf qilgan 21 mustahdas (yangi)
bahrlar haqida ham aytib o‘tiladi.
3. Nasiriddin Tusiyning «Me’yor ul-ash’or» asarida 18
bahr keltirilgan bo‘lib, unda avvalgi risolada tilga olinmagan
Maqlubi tavil
bahrining berilishi hamda
Mushokil
va
G‘arib
bahrlarining tushib qoldirilishi muallifning ushbu masalaga
o‘z salafidan ayri munosabatda bo‘lganini ko‘rsatadi.
4. Temuriylar davri aruzshunosligida bahrlar miqdorini
keltirishda har xilliklar bor. Shayx Ahmad Taroziy o‘z riso
lasida bahrlar sonini 40 ta deb ko‘rsatsa, Abdurahmon Jomiy,
Atoulloh Husayniy, Alisher Navoiy va Sayfiy Buxoriylar ular-
88
89
ning miqdorini umumiy ma’noda 19 ta deb belgilaydilar. Ular
orasida Abdurahmon Jomiy masalaga bir oz o‘zgacharoq yon
dashib, «Risolayi aruz»da 14 bahrni misollar bilan izohlaydi,
arab aruziga xos bo‘lgan
Tavil, Komil, Basit, Madid, Vofir
bahr
lariga keng to‘xtalib o‘tirmaydi. Boburning «Aruz risolasi»da
esa ushbu bahrlarga qo‘shimcha ravishda yana ikki bahr (
Ariz
va
Amiq
) tadqiq qilingan. Ushbu risolalardan faqat «Aruzi
Sayfiy»da bahrlarning lug‘aviy ma’nolariga ham to‘xtalib o‘ti
ladiki, bu bevosita risolaning qo‘llanma xarakteriga ega ekani
bilan bog‘liq.
5. Shayx Ahmad Taroziyning «Funun ul-balog‘a» asarida
nomi keltirilgan 40 ta bahrdan 20 tasi aruzshunoslikka doir
boshqa forsiy va arabiy manbalarda uchramaydi. Bu holat
ushbu bahrlarning mumtoz aruzshunoslik uchun ham yangi
ekanligini va ularning aksariyatini muallifning o‘zi kashf et
ganligini ko‘rsatadi.
6. Shayx Ahmad Taroziy bahrlarni ikki katta guruh: mut
tafiq ul-arkon hamda muxtalif ul-arkonga ajratishda vatan
doshimiz Mahmud Zamaxshariyning «Al-qistos» asaridagi
tasnifga suyanadi. Bu tasnif keyinchalik Bobur risolasida ham
istifoda etilgan.
7. «Funun ul-balog‘a»da muxtalif ul-arkonga kiruvchi bahr-
ni hosil qilishda juftlashtirish (uxti) tamoyiliga amal qilish
lozimligi ta’kidlanadi, unga ko‘ra yangi bahr hosil qilinganda
ushbu bahr ruknlari o‘zidan avvalgi bahr ruknlarining aksini
takrorlashi lozim, agar bu shart ado etilmasa, u bahr sifatida
tan olinmaydi. Bu tamoyil temuriylar davridagi boshqa risola
larda kuzatilmaydi.
8. Aruzshunoslik tarixida
maf’uvlotu
asliy rukni bahr yasa
maydi degan qat’iy qarash mavjud edi. Shayx Ahmad Taroziy
ushbu asliy rukndan
Saqil
bahri hosil bo‘lishini asoslab, o‘z
risolasida ushbu bahrning ikki vaznini keltirdi va
Saqil
bahrini
aruz nazariyasiga olib kirdi.
9. Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon» asarida 19 bahr,
160 ta vazn keltirilgan. Navoiy o‘z risolasida tayanch manba
sifatida Abdurahmon Jomiyning «Risolayi aruz» asaridan foy
dalangani uchun aruzshunoslikda mavjud an’anaviy 19 bahr
gagina to‘xtalib o‘tadi.
10. Zahiriddin Muhammad Boburning «Aruz risolasi»da
an’anaviy 19 bahrga qo‘shimcha tarzda yana ikki bahr (
Ariz
va
Amiq
), jami 21 bahr keltirilgan. Shunga binoan uning asarida
9 doira, 537 vazn tahlil qilingan.
11. Shayx Ahmad Taroziy asarida keltirilgan
Javil
bahri Za
hiriddin Muhammad Bobur keltirgan
Ariz
bahri bilan,
Jadid
bahri
Amiq
bahri bilan tarkiban bir xil bo‘lib, ular manbalarda
turli nomlar bilan atalgan.
12. Aruz tizimi urg‘u bilan bog‘liq she’riy o‘lchov bo‘lib,
unda so‘z urg‘usi emas, balki rukn urg‘usi yetakchilik qiladi
va bunday urg‘u ritm yaratishga xizmat qilganligi uchun rit
mik urg‘u deb ataladi. Mumtoz aruzshunoslikda garchi urg‘u
alohida hodisa sifatida ta’kidlanmagan bo‘lsa ham, mutalav
vun hodisasining temuriylar davridagi risolalarda qayd etili
shi ritmik urg‘uning aruzshunoslik tarixida muayyan o‘ringa
ega ekanini va mumtoz aruzshunoslarimizning aruzni urg‘u
bilan bog‘liq holda talqin qilganini ko‘rsatadi.
Umuman olganda, ijodkorlarning aruz ilmiga doir risola
larini bahrlar va vaznlar misolida qiyosiy o‘rganish natijalari
turkiy aruzshunoslik temuriylar davrida o‘zining tadrijiy
takomiliga yetganligini ko‘rsatadi.
90
91
Dostları ilə paylaş: |