17
Islom –
dunyoda eng ko`p tarqalgan dinlardan biri bo`lib, unga e’tiqodda bo`lganlarni
musulmonlar deb ataladi. Islom dini yagona xudo — Allohga e`tiqod qiladi. Islom dini VII asrda
Arabistonda vujudga kelgan. Muhammad Payg’ambar islom dinining asoschisidir. Islom dini
bugungi kunda arab davlatlarida, Turkiya, eron, Afg’oniston, Pokiston, Indoneziya, O`zbekiston,
Ozarbayjon, Qozog’iston, Turkmaniston, Qirg’iziston va boshqa bir qator mamlakatlarda asosiy
din hisoblandi.
Qur’on
– Musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Muhammad Payg’ambarning Makka
va Madinada olib borgan og’zaki diniy targ’ibotlari to`plamidan iborat. Qur`onda islom
qoidalari, e`tiqod talablari, xuquqiy va ahloqiy normalari o`z ifodasini topgan. Islom an`anasida
Qur`on Alloh tomonidan Muhammad Payg’ambarga ramazon oyining 27 – kuni kechasi vahiy
qilinib, ro`za tutilgan. Uning 27 — kuni kechasi «
laylot ul—qadr
», ya`ni qudrat kechasi,
ilohiyot qudrati namoyon bo`lgan kecha deb ulug’lanadi. Qur`on kitobini «
Qur`oni Karim
»,
«
Qur`oni Masjid
» deb sifatlashadi.
Movarounnahr – arabcha
so`z bo`lib, lug’aviy ma`nosi daryo ortidagi er, degan ma`noni
bildiradi. Arablar O`rta Osiyoni bosib olgandan keyin Amudaryodan shimolgacha qarab
cho`zilgan O`rta Osiyo erlarini Movarounnahr deb atashgan.
Avliyo
– Islom dinida Allohga yaqin kishi, homiy, «bandalarning homiysi» ma`nolarini
bildiradi. Avliyo xudoning alohida iltifotidan bahra olib, ilohiy qudratga ega bo`lgan,
odamlarning hayotiga, turmushiga ta`sir ko`rsata oladigan kishi hisoblanadi. Mana shuning
uchun ham musulmonlar avliyolarning mozorlariga sig’inishib, ulardan madad so`rashadi.
Dostları ilə paylaş: