plebeylar deb atashganlar.
Polis (yun polls lot civita;») —shahar—davlat, Qadimgi Italiyadagi davlat va jamiyatning
ijtimoiy — iqtisodiy va siyosiy
tashkiloti hisoblangan. Polislar teng xuquqli grajdanlardan iborat
bo`lib, ularning xar biri er egaligi va siyosiy erkinliklarga ega bo`lgan. Polisda hokimiyat shakli
turlicha (oligarxiya, demokrachiya) bo`lgan.
En — Messopatamiyada mil avv III—II ming yilliklarda shahar— davlatlar nomi enlarni
oliy ruhoniy boshqargan. Uni
lugal’ deb ham atashgan.
Senat — (lot senatus, senex — qariya) — Qadimgi Rimda respublika davrida yuqori
hokimiyat organi hisoblangan. Afinada oddiy xalq
demos deb atalgan Demosning ko`pchiligini
oddiy dehqonlar, hunarmanddar dengizchilar, matroslar va mardikorlar tashkil qilgan. Mil. av.gi
VIII — VII asrlarda demosning bir qismi boyib ketgan. Ularning orasida boy savdogarlar, kema
va ustaxonalarning egalari, shuningdek badavlat dehqonlar etishib chiqqan Ularning ixtiyorida
ham qullar bo`lib, ayni paytda ular mardikor yollab ishlatar edilar. Ammo demosning xuquqi
cheklangan bo`lib, ular aslzodalarga tobe edilar.
Xindistonda mil. av.gi I ming yillikiing birinchi yarmida tepasida podsho turgan ko`pgina
davlatlar tashkil topa boshlagan. Mulkiy tengsizlikning kuchayishi jamoaning turli
varnalarga — toifalarga bo`linishiga olib kelgan. Bular braxmanlar kohinlar, kshatriyalar, vayshilar va
shudralardir.
Mil. av.gi XIII asr boshlarida Lakonikani doriylar istilo qiladilar. Doriylar evrat
daryosining o`ng soxilida bir shahar barpo qilganlar. Ular bu shaharni Sparta deb, o`zlarini esa
spartaliklar deb ataganlar. Istilochi doriylar Lakonikani bosib olganlaridan so`ng qo`shni
Messeniyani ham istilo qilganlar. Spartaliklar itoat ettirilgan aholining ko`pchilik qismini qul
qilganlar. Qul qilingan mahalliy aholi