15
Hunar va peshada andoqki, qushchi va borschi va qo‘ruqchi va tamg‘achi va
jibachi va yo‘rg‘achi va halvochi va kemachi va qo‘ychi.
Andoqki, qush hunarida dag‘i bu istiloh, bordur, andoqki, qozchi va
quvchi va
turnachi va kiyikchi va to‘vushqonchiki, sort lafzida yo‘qtur. Va alar mazkur
bo‘lgonlarning ko‘pin turkcha ayturlar”
17
.
Tilshunoslik tarixida yaratilgan asarlar orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan
“Muhokamat ul-lug‘atayn” asari turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlar ustidan
qilingan tadqiqotlar orasida ham katta ahamiyatga ega.
Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlar A. Quronbekovning “Fors tili
leksikologiyasi”
18
ning turkiy o‘zlashmalarga bag‘ishlangan “Turkiy tillardan
o‘zlashmalar” qismida ham yoritilgan. Unda turkiy
tillardan fors tiliga
o‘zlashmalar kirib kelishi qadimgi zamonlarga borib taqalishi qayd etilgan.
Qadimgi xitoy, yunon va arab manbalaridan va bir qator O‘rta Osiyo olimlarining
bizga qoldirgan asarlaridan, jumladan, Beruniyning “Osori baqiya”, Rabg‘uziyning
“Qissasi Rabg‘uziy”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk”, Hazrati
Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarlaridan ma’lumki, Eron xalqlari bilan
Turon xalqlarining o‘zaro munosabatlari qadimgi
zamonlardan boshlab mavjud
bo‘lgan
19
.
Mazkur “Fors tili leksikologiyasi” dagi turkiy o‘zlashmalarga bag‘ishlangan
qismning boshqa bu mavzudagi ishlardan eng katta farqi unda Alisher Navoiyning
“Muhokamat ul-lug‘atayn” asaridan misollar keltirilganligidir. Alisher Navoiy
o‘zining “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida bir qator mavzular keltirib, bu
so‘zlarning muodili fors tilida yo‘q ekanligi va bular
fors tiliga kirganligini
ta’kidlagan, deb asardan misollar keltiriladi. Biz bunday holatni turkiy
o‘zlashmalarga bag‘ishlangan boshqa ishlarda, ayniqsa,
xorijda qilingan ishlarda
uchratmaymiz. Mavzuni yoritish davomida turkiy o‘zlashmalarning grammatik
moslashuvi, asosan morfologik moslashuvi va boshqa turkiy leksik birliklar –
turkiy suffikslar haqida ham ma’lumotlar berilgan. Turkiy o‘zlashmalarning
17
Алишер Навоий. Муҳокамат ул-луғатайн. Мукаммал асарлар тўплами. – Тошкент: Фан, 2000. T.16. – Б. 18.
18
Quronbekov A. Fors tili leksikologiyasi. – Toshkent, 2009.
19
Ko‘rsatilgan asar. – Toshkent, 2009. – B. 49.
16
hozirgi kundagi holati haqida shunday deb yozilgan: “Hozirgi davrda Eronda
faoliyat olib borayotgan “Farhangeston” (Akademiya) fors
tilini barcha chet tili
o‘zlashmalaridan, jumladan, turkiy tillardan o‘zlashgan lug‘at birliklaridan
tozalamoqda. Shuning uchun hozirgi kunda hamma eronliklar uchun o‘z ona
tiliday bo‘lib qolgan اقآ
āγā
, قشاق
γāšoγ
, يچیق
γeyči
, وقاچ
čāγu
, خامس
šomāx
, چراق
γārč
,
ىسیق
γeysi
va shunga o‘xshash so‘zlar yangi forscha so‘zlar bilan almashtirilsa hech
ajablanadigan joyi yo‘q”
20
.
Dostları ilə paylaş: