. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Ilmiy tadqiqot ishining asosiy maqsadi
turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarning holatini, fonetik moslashuvi,
ularning morfologik, shuningdek, undagi ba’zi bir ma’no o‘zgarishlarini o‘rganish
tadqiqotimizning asosiy maqsadi qilib belgilandi. Shu bilan birga ishning asosiy
vazifalari quyidagicha belgilandi:
1) turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlar mavzusi bo‘yicha shu kungacha
qilingan ilmiy ishlarni kuzatish, tahlil etish va ularni o‘zaro solishtirish;
2) turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarni manbalardan ajratish;
3) turkiy o‘zlashmalarning o‘zlashish tarixini, sabablari va omillarini
o‘rganish;
3) turkiy o‘zlashmalarning fonetik tahlilini yoritib berish;
4) turkiy o‘zlashmalarni mustaqil so‘z turkumlari bo‘yicha tahlil qilish va
ularning morfologik moslashuv jarayonini kuzatish;
5) turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarning ma’nolarini va ulardagi
semantik o‘zgarishlarini o‘rganish: a) ma’no torayishi; b) ma’no kengayishi; d)
yangi ma’no kasb etishi; e) ma’no o‘zgarishisiz ko‘chishi.
Tadqiqot obyekti. Eron tilshunosligidagi kam o‘rganiladigan muammolardan
biri – turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlar tadqiqot obyekti sifatida tanlab
olindi.
Tadqiqot premdeti. Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarning miqdori,
fonetik, morfologik, semantik tahlili va undagi o‘zgarishlar ilmiy ishning predmeti
sifatida belgilandi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari . Turkiy tildan fors tiliga
o‘zlashgan so‘zlarni fonetik, morfologik va semantik tahlil etish, shuningdek,
ularning semantikasidagi ba’zi o‘zgarishlarni o‘rganish mazkur magistrlik
dissertatsiyasida ko‘riladigan asosiy masaladir.