Isamatova Nigora Kutpillayevna turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarning fonetik, morfologik va semantik tahlili


IV bob. Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarning semantik tahlili…....67



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/38
tarix26.11.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#135974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
pdffox.com turkiy-tildan-fors-tiliga-ozlashgan-sozlarning-fon

IV bob. Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarning semantik tahlili…....67 
4.1.
Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarning semantik kengayis……......69 
4.2.
Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarning semantik torayishi…..........72 
4.3.
Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan yangi ma’no kasb etgan so‘zlar…........76 
4.4.
Ma’no o‘zgarishisiz turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlar………........79 
IV bob bo‘yicha xulosalar………………………………………………………...80 
Xulosa…………………………………………………………………………….81 



Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati…………………………..………………...84 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Kirish 
Hozirgi paytda xorijiy tillarni o‘rganish va o‘rgatishga yurtimizda katta 
ahamiyat berilmoqda. Bu ham, albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyatidan 
o‘ziga munosib o‘rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik 
sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o‘z buyuk kelajagini qurayotgan 
xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning 
hojati yo‘qdir. 
Ammo shunga alohida urg‘u berishimiz zarurki, chet tillarini o‘rganish, 
minba’d ona tilini esdan chiqarish hisobiga bo‘lmasligi lozim. O‘z fikrini mutlaqo 
mustaqil, ona tilida ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, 
avvalambor, rahbar kursisida o‘tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham 
qiyin
1

Tilning lug‘at tarkibining rivoji ma’lum qonuniyatlarga asoslanadi. Lug‘at 
tarkibida muayyan tarixiy davrlar o‘tishi bilan o‘ziga xos ma’lum o‘zgarishlar yuz 
berishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar ma’lum ichki qonuniyat, tashqi kuchlar 
ta’sirida, obyektiv ravishda, ma’lum mezonlar doirasida yuz beradi. Tilga boshqa 
tillardan so‘z qabul qilinishi ham shunday. Til o‘zida vositalar, imkoniyatlar 
bo‘lgan holda boshqa, o‘zga tildan so‘z olmaydi. Qabul qilinuvchi so‘z ma’lum, 
biror yangi tushuncha anglatsa, yangi informatsiya tashisa, yoki u yoki bu semantik 
yukka ega bo‘lsagina tilga kirishi mumkin
2
.
O‘zlashma – bu biror bir tildan boshqa bir tilga lug‘at birliklarining 
ko‘chishidir. O‘zlashmalar, shuningdek, o‘zlashma so‘zlar deb ham yuritiladi. 
O‘zlashmalar biz avval aytib o‘tganimizdek tilning lug‘at boyligini oshiradi, yangi 
o‘zaklar, so‘z birikmalari va terminlar uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Shuni 
ta’kidlab o‘tish joizki, o‘zlashmalar biror-bir tilga kirib kelgandan so‘ng o‘sha tilga 
moslashadi, o‘zida grammatik, semantik, fonetik va orfografik o‘zgarishlarni 
o‘tkazadi. Aynan mana shu adaptatsiya o‘zlashmalarni xalqaro so‘zlardan ajratib 
1
Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. – Toshkent: Sharq, 1999. – B.32.
2
Ўзбек тили лексикологияси. – Тошкент: Фан, 1981. – Б. 48. 



turadi. Xalqaro so‘zlar esa o‘zida begona tilga xos xususiyatlarni saqlab qoladi. Bu 
fonetik, orfografik, grammatik va semantik xususiyatlar bo‘lishi mumkin.
O‘zlashmalarning til sistemasiga singib ketishi ma’lum sharoit va 
xususiyatlarga bog‘liq. “O‘zbek tili leksikologiyasida” quyidagi sharoitlar muhim 
deb beriladi: 
1) o‘zlashma so‘z uni qabul qilgan tilning praktik yozuv xususiyatlariga 
moslashgan bo‘lishi; 
2) chet so‘z o‘zlashtiruvchi til grammatik klasslari, kategoriyalariga mos 
kelishi; 
3) so‘z uni qabul qilgan tilda fonetik qayta shakllanishi; 
4) chet so‘z uni qabul qiluvchi tilga grammatik singishi; 
5) chet so‘z uni qabul qiluvchi til so‘z yasash sistemasida aktiv ishtirok etishi; 
6) chet so‘z uni qabul qilgan tilga semantik jihatdan singishi: 
a) o‘zlashma so‘z ma’nosi aniq bo‘lishi; 
b) o‘zlashma so‘z ma’nosi uni qabul qilgan tilda differensiyatsiya qilingan 
bo‘lishi; 
7) chet so‘z uni qabul qilgan tilda uzluksiz ishlatilishi kerak
3
.
Bu yuqoridagi keltirilgan xususiyatlar borasida tilshunoslarning fikrlari 
deyarli bir xil, ya’ni o‘zlashamalarning o‘zlashayotgan tilga qabul qilinib unda 
mustahkam o‘rnashib, singib ketishi uchun qo‘yiladigan talablar barcha tillarda 
o‘xshash deb ta’kidlanadi. Xususan, fors tilida ham o‘zlashmalar qaysi tildan 
kirganligiga qaramay yuqoridagi talablarga bo‘ysunadi. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin