189
III BOB. INTERNET-MARKETING
3.1. Internet marketing asoslari
3.1.1. Tushuncha va asosiy elementlar
Iqtisodiyotni raqamlashtirish davrida Internet hal qiluvchi
rolni o‘ynaydi. Bu, ayniqsa marketing tadqiqotlari sohasida sezi-
larli.
XX asrning o‘rtalarida paydo bo‘lgan Internet,
XXI asrning
boshiga kelib, dunyoning turli burchaklaridan to‘plangan, ichki
aloqalari, elektron tijoratuchun asosiy imkoniyatlariga ega bo‘lgan
katta ma’lumot manbalari kutubxonasiga aylandi. Bugungi kunga
kelib, Internet marketologlar uchun kuchli vosita va manbaga
aylandi. Internetning rivojlanishi Internet-marketingning tijorat
tashkilotlarining marketing faoliyatida alohida va muhim
yo‘nalish sifatida shakllanishiga bevosita ta’sir qiladi.
Internet-marketing marketing va axborot texnologiyalari fan-
larning to‘qnashuvida paydo bo‘ldi. 1990-yilgacha Internetdan
biznes maqsadlarda foydalanish AQSH Milliy Ilmiy Jamg‘armasi
tomonidan taqiqlangan edi, ammo keyinchalik yirik kompaniyalar
unga kirishgan. 1992-yilda Internet boshqaruvi shaxsiy qo‘llarga
berilganidan so‘ng, iste’molchilar va Internet-provayderlar doirasi
sezilarli darajada kengaydi va tarmoq butun dunyo bo‘ylab mil-
lionlab odamlar va kompyuterlarni uladi.O‘sha yili Charlz
Stekning kitob sotadigan birinchi onlayn-do‘koni ochildi. 1994-
yilda Amazon kompaniyasi ochildi va 1995-yil iyul oyida o‘z
internet-do‘konini ishga tushirdi. 1994-yil oktyabr oyida First Vir-
tual kompaniyao‘zining onlayn to‘lov xizmatlarini taklif qila
boshladi va Internetdagi birinchi elektron to‘lov tizimiga aylandi.
1996-yilda MasterCard va Visa
SET deb nomlangan plastik
kartalar yordamida Internetda to‘lovlarni himoya qilish uchun
ochiq yagona standart yaratilishini e’lon qildi. Birozdan keyin bi-
190
rinchi qidiruv tizimlari paydo bo‘la boshlaydi. Hozirgi kunda
Internet eng samarali tarqatish kanallaridan biriga aylandi.
Internet-marketing raqamli iqtisodiyotning banner rekla-
masi, jamoatchilik bilan aloqalar (Public relations, PR), Internetda
marketing tadqiqotlarini o‘tkazish usullari, xususan, talab va
iste’molchilar auditoriyasini o‘rganish, brendni bozorda to‘g‘ri
joylashtirish usullari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Aytishimiz
mumkinki,
Internet-marketing
Internetning
gipermedia muhitida marketingni tashkil etish nazariyasi va
metodologiyasi. Internet o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular
an’anaviy marketing vositalaridan farq qiladi.
Internet-marketingning ba’zi bir asosiy xususiyatlariga
to‘xtalib o‘tamiz.
Birinchidan
, marketing Internetda
yuqori darajada shaxsiy-
lashtirishga ega.
An’anaviy marketing ommaviy iste’molchiga qaratilgan
bo‘lsada, Internet har kimning fikrini hisobga oladi (ma’lum dara-
jada) va hamma bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Boshqacha ay-
tganda, Internetda (siljitish) reklama yagona mijozlarni jalb qi-
lishga qaratilgan.Shaxsiy ma’lumotlarning mavjudligi shuningdek,
reklama kampaniyalarida aniq
targetinga
(
butun auditoriyadan
belgilangan mezonlarga javob beradigan qismni ajratib
ko‘rsatish
) imkon beradi.
Ikkinchidan
, Internet-marketing interfaollik bilan tavsifla-
nadi: mijozlar ko‘plab biznes jarayonlarda faol ishtirok etadilar.
Bunga so‘rovlarda
qatnashish, kompaniyaning obro‘sini oshirish,
yangi mijozlarni jalb qilish va shu kabilar kiradi. Bundan tashqari,
mijozlar kompaniya tomonidan yaratilgan Internet xizmati orqali
buyurtmalarni joylashtirish, qo‘ng‘iroqlarga buyurtma berish va
onlayn maslahatchilar bilan bog‘lanish kabi muhim vazifalarni ba-
jarishlari mumkin.
Internet marketing – offlaynda olib bo‘lmaydigan katta
hajmdagi ma’lumotlar bilan farqlanadi. Misol uchun, Internetda
reklama ta’sirini, mijozlar soni, u yoki bu saytga qiziqishlari, keng
ko‘lamli
qayta aloqani, raqobatbardoshlikni oshirish kabilarni
ishonchlikning yuqori darajada baholash mumkin. Xususan,
191
marketing tadqiqotlar (misol uchun, yangi reklama kampaniyani
yoki tovarlarni sinovdan o‘tkazish) Internetda offlaynga qara-
ganda xarajatlar va maglaglar, vaqtning kamroq sarflanishini
talab qiladi.
Internet-marketing – marketingning asosiy elementlari
hisoblanadigan narhi, mahsulot,
sotuv joyi, siljitish kabilarga
tegishli bo‘lgan Internetda an’anaviy marketingning barcha
jihatlaridan foydalanish amaliyoti.
Asosiy maqsadi – saytning potentsial auditoriyasidan eng
yuqori foydani olish.
Tarmodagi marketing (Internet-marketing) tashkilotdagi
marketingning ananaviy tushunchasiga mos keladi va ko‘pincha
elektron marketing deb ataladi.
U marketing faoliyatining barcha tarkibiy qismlarini o‘z
ichiga oladi, xususan: bozorni o‘rganish, xaridorlar va atrof-muhit,
mahsulotni ilgari surish, brending,
vositachilar bilan ishlash,
savdo-sotiq faoliyatini tashkil etish.
Internet tufayli marketing tadqiqotlarni o‘tkazishning yangi
vositalari paydo bo‘lmoqda. Shunday qilib, an’anaviy marketing
usullari va eng yangi axborot texnologiyalarining birlashishi
ko‘zatilmoqda.
Dostları ilə paylaş: