O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/213
tarix26.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#136048
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   213
Янги-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

 
 
 
 
 
2.7.1-rasm. 

«Kichik» 
tovarlar 
va 
xizmatlarni sotib olish: 
- 10 dollargacha; 
- jamoat transporti, savdo 
to‘xtash joyi va h.q. 

To‘lov aloqa xizmatlari uchun 
to‘lovga qo‘shilgan yoki SIM-
kartadan chiqarilgan 

«Katta» tovarlar va xizmat-
larni sotib olish: 
- 10 dollardan ortiq; 
- benzin stansiyalari, avia–temir 
yo‘l chiptalar; 

To‘lov mijozning hisobva-
rag‘idan yechib olinadi

Mobil qurilmalarga yuklab 
olingan axborot xizmatlarini 
sotib olish: 
- musiqa, rington, mobil TV va h.q; 

Aloqa xizmatlari hisobiga 
SMS orqali to‘lanadi

"Takroriy" xizmatlar uchun 
elektron to‘lovlarni to‘lash: 
- kommunal to‘lovlar, aloqa, 
Internet va h.q; 

Mikro - to‘lovlar toifasi

Pulni yuborish / olish uchun 
mobil telefonlardan foyda-
lanish; 

Uyali aloqa operatori tizi-
midan yoki bank hisobla-
ridan foydalanish

Mobil telefon yordamida 
bankdagi hisob qaydno-
masini boshqarish
Mikro 

to‘lovl
ar 
Mikro 

to‘lovl
ar 
Mikro 

to‘lovl
ar 
Mikro 

to‘lovl
ar 
Mikro 

to‘lovl
ar 
Mikro 

to‘lovl
ar 
Savdo 
nuqtasi
da 
Olib 
tashlan
di
Naqd 
operatsiyalar 
uchun mobil 
telefonlar 


188 

O‘z-o‘zini tekshirish savollari 
 
1.
Mobil tijoratning paydo bo‘lishi va rivojlanishining asosiy 
bosqichlari qaysilar? 
2.
SMS matnli elektron xabar nima? 
3.
Mobil internet nima? 
4.
Mobil ilovalarni ishlatadigan elektron tijoratning biznes-
modellarini ayting. 
5.
Mobil tijoratning xizmatlari aniqlang. 
6.
SIM - karta nima ? SIM- kartaning vazifalari nimada ? 
7.
Mobil to‘lovlar nima? 
8.
Mobil tijoratning imkoniyatlari qanday? 
9.
Mobil banking nima? 
10.
SMS billing xizmatlar mohiyati nimada ? 
 


189 
 
III BOB. INTERNET-MARKETING 
 
3.1. Internet marketing asoslari 
3.1.1. Tushuncha va asosiy elementlar 
Iqtisodiyotni raqamlashtirish davrida Internet hal qiluvchi 
rolni o‘ynaydi. Bu, ayniqsa marketing tadqiqotlari sohasida sezi-
larli. 
XX asrning o‘rtalarida paydo bo‘lgan Internet, XXI asrning 
boshiga kelib, dunyoning turli burchaklaridan to‘plangan, ichki 
aloqalari, elektron tijoratuchun asosiy imkoniyatlariga ega bo‘lgan 
katta ma’lumot manbalari kutubxonasiga aylandi. Bugungi kunga 
kelib, Internet marketologlar uchun kuchli vosita va manbaga 
aylandi. Internetning rivojlanishi Internet-marketingning tijorat 
tashkilotlarining marketing faoliyatida alohida va muhim 
yo‘nalish sifatida shakllanishiga bevosita ta’sir qiladi. 
Internet-marketing marketing va axborot texnologiyalari fan-
larning to‘qnashuvida paydo bo‘ldi. 1990-yilgacha Internetdan 
biznes maqsadlarda foydalanish AQSH Milliy Ilmiy Jamg‘armasi 
tomonidan taqiqlangan edi, ammo keyinchalik yirik kompaniyalar 
unga kirishgan. 1992-yilda Internet boshqaruvi shaxsiy qo‘llarga 
berilganidan so‘ng, iste’molchilar va Internet-provayderlar doirasi 
sezilarli darajada kengaydi va tarmoq butun dunyo bo‘ylab mil-
lionlab odamlar va kompyuterlarni uladi.O‘sha yili Charlz 
Stekning kitob sotadigan birinchi onlayn-do‘koni ochildi. 1994-
yilda Amazon kompaniyasi ochildi va 1995-yil iyul oyida o‘z 
internet-do‘konini ishga tushirdi. 1994-yil oktyabr oyida First Vir-
tual kompaniyao‘zining onlayn to‘lov xizmatlarini taklif qila 
boshladi va Internetdagi birinchi elektron to‘lov tizimiga aylandi. 
1996-yilda MasterCard va Visa SET deb nomlangan plastik 
kartalar yordamida Internetda to‘lovlarni himoya qilish uchun 
ochiq yagona standart yaratilishini e’lon qildi. Birozdan keyin bi-


190 
rinchi qidiruv tizimlari paydo bo‘la boshlaydi. Hozirgi kunda 
Internet eng samarali tarqatish kanallaridan biriga aylandi. 
Internet-marketing raqamli iqtisodiyotning banner rekla-
masi, jamoatchilik bilan aloqalar (Public relations, PR), Internetda 
marketing tadqiqotlarini o‘tkazish usullari, xususan, talab va 
iste’molchilar auditoriyasini o‘rganish, brendni bozorda to‘g‘ri 
joylashtirish usullari va boshqalarni o‘z ichiga oladi. 
Aytishimiz 
mumkinki, 
Internet-marketing
Internetning 
gipermedia muhitida marketingni tashkil etish nazariyasi va 
metodologiyasi. Internet o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular 
an’anaviy marketing vositalaridan farq qiladi. 
Internet-marketingning ba’zi bir asosiy xususiyatlariga 
to‘xtalib o‘tamiz. 
Birinchidan
, marketing Internetda yuqori darajada shaxsiy-
lashtirishga ega.
An’anaviy marketing ommaviy iste’molchiga qaratilgan 
bo‘lsada, Internet har kimning fikrini hisobga oladi (ma’lum dara-
jada) va hamma bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Boshqacha ay-
tganda, Internetda (siljitish) reklama yagona mijozlarni jalb qi-
lishga qaratilgan.Shaxsiy ma’lumotlarning mavjudligi shuningdek, 
reklama kampaniyalarida aniq 
targetinga
(
butun auditoriyadan 
belgilangan mezonlarga javob beradigan qismni ajratib 
ko‘rsatish
) imkon beradi. 
Ikkinchidan
, Internet-marketing interfaollik bilan tavsifla-
nadi: mijozlar ko‘plab biznes jarayonlarda faol ishtirok etadilar. 
Bunga so‘rovlarda qatnashish, kompaniyaning obro‘sini oshirish, 
yangi mijozlarni jalb qilish va shu kabilar kiradi. Bundan tashqari, 
mijozlar kompaniya tomonidan yaratilgan Internet xizmati orqali 
buyurtmalarni joylashtirish, qo‘ng‘iroqlarga buyurtma berish va 
onlayn maslahatchilar bilan bog‘lanish kabi muhim vazifalarni ba-
jarishlari mumkin. 
Internet marketing – offlaynda olib bo‘lmaydigan katta 
hajmdagi ma’lumotlar bilan farqlanadi. Misol uchun, Internetda 
reklama ta’sirini, mijozlar soni, u yoki bu saytga qiziqishlari, keng 
ko‘lamli qayta aloqani, raqobatbardoshlikni oshirish kabilarni 
ishonchlikning yuqori darajada baholash mumkin. Xususan, 


191 
marketing tadqiqotlar (misol uchun, yangi reklama kampaniyani 
yoki tovarlarni sinovdan o‘tkazish) Internetda offlaynga qara-
ganda xarajatlar va maglaglar, vaqtning kamroq sarflanishini 
talab qiladi. 
Internet-marketing – marketingning asosiy elementlari 
hisoblanadigan narhi, mahsulot, sotuv joyi, siljitish kabilarga 
tegishli bo‘lgan Internetda an’anaviy marketingning barcha 
jihatlaridan foydalanish amaliyoti.
Asosiy maqsadi – saytning potentsial auditoriyasidan eng 
yuqori foydani olish. 
Tarmodagi marketing (Internet-marketing) tashkilotdagi 
marketingning ananaviy tushunchasiga mos keladi va ko‘pincha 
elektron marketing deb ataladi. 
U marketing faoliyatining barcha tarkibiy qismlarini o‘z 
ichiga oladi, xususan: bozorni o‘rganish, xaridorlar va atrof-muhit, 
mahsulotni ilgari surish, brending, vositachilar bilan ishlash
savdo-sotiq faoliyatini tashkil etish. 
Internet tufayli marketing tadqiqotlarni o‘tkazishning yangi 
vositalari paydo bo‘lmoqda. Shunday qilib, an’anaviy marketing 
usullari va eng yangi axborot texnologiyalarining birlashishi 
ko‘zatilmoqda. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin