218
YouScan
. Ushbu vosita IQBuzz-ning
asosiy raqibi hisobla-
nadi. YouScan shunga o‘xshash funktsional xususiyatga ega,
ammo uning interfeysi biroz boshqacha.
YouScan asboblar ba-
zasida IQBuzzda etishmayotgan modul mavjud.
SERM asosiy usullari
yashirin marketing – bu ma’lumotni odam boshqarayotga-
nini sezmaydigan tarzda uzatish usuli. Masalan:
kompaniya
auditoriya bilan mashhur bo‘lgan kishiga mahsulotdan ommaviy
foydalanish uchun pul to‘laydi;
Internetda obro‘ni boshqarish – ma’lum
bir xizmatlardan
foydalangan holda biznes obro‘siga ta’sir qiluvchi muayyan omil-
larni aniqlash usuli;
qidiruv natijalarida obro‘-e’tiborni boshqarish – qidiruv na-
tijalarida kompaniyaning
murojaatlari monitoringi, salbiylikni
tezda yo‘q qilish.
Kontekstli va mediyali (banner) reklama
Kontekstli reklama
– bu sahifaning
tarkibiga yoki qidiruv
tizimiga kiritilgan so‘rovga qarab reklama ko‘rsatiladigan onlayn
reklama turidir.
Kontekstli reklama turlari
Kontekstli qidiruv reklamalari bu qidiruv satrining ostidan va
qidiruv natijalari oxirida darhol paydo bo‘ladigan e’lonlar. U nafa-
qat qidiruv tizimining bosh sahifasida,
balki xaritalarda, kata-
loglarda va uchinchi tomon saytlarida ham ko‘rsatiladi (3.3.3-
rasm).
Mavzuga oid kontekstli reklama – bu reklama saytlari va
reklama tarmoqlarining hamkor dasturlarida
belgilangan joylarda
paydo bo‘ladigan reklama.
Remarketing
– bu avval tashrif buyurgan foydalanuvchilarga
saytni eslatishning bir usuli. U joylashtirish uchun sayt tarkibiga
emas, balki tomoshabinlarning xususiyatlariga e’tibor qaratadi.
Bunday reklama faqat reklama beruvchining saytida bo‘lganlar
tomonidan ko‘riladi. Remarketing tematik reklama ko‘rinishida va
qidiruv natijalarida paydo bo‘ladi (3.3.4-rasm).