I bob kavkaz xalqlari san’ati



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix26.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#136185
1   2   3   4   5   6   7   8
kavkaz madaniyatig

 
 



II BOB KAVKAZ ORTI XALQLARI SAN’ATI 
2.1. Ozarbayjon san’ati 
Ozarbayjon ashuglari sanʼati
— sheʼriyat, hikoyalar soʻzlash sanʼati, raqs va 
ozarbayjon ashuglarining vokal instrumental musiqa majmuasidir. Ashuglar 
Ozarbayjonda doimo xalq orzusini ifodalashgan, sevgi ozodligini himoya qilishgan, 
vatanga sadoqat haqida kuylashgani sababli azaldan „El anasi“ (ozarb. Elanası — 
„Xalq onasi“), deb atalgan
Ozarbayjon ashugi sanʼati milliy birdamlik ramzi va 
ozarbayjon tili, adabiyoti va musiqasining asrovchisi hisoblanadi. 
209 yilda YUNESKOning nomoddiy merosini himoya qilish Qoʻmitasining Abu-
Dabidagi (BAA) toʻrtinchi sessiyasida ozarbayjon ashuglari sanʼati YUNESKOning 
Nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan. 
Asosan erkin boʻlgan ashug sanʼati tarkibi boʻyicha kengligi va xilma-xilligi 
bilan ajralib turgan. Ashug sanʼati epik doston, xalqning erkinligi va qahramonligini 
madh etuvchi qoʻshiqlar, shuningdek, doʻstlik va sevgi madh etiladigan satirik va 
yumoristik qoʻshiqlarni oʻz ichiga oladi. Ashug sanʼati sintetik sanʼat hisoblanadi, 
ashug oʻzi sheʼr yozadi, musiqa bastalaydi, sozda chaladi va oʻzi raqsga tushadi. 
Koʻpincha ashug ijrochisiga balaban ijrochisi va puflab chalinadigan asboblar 
ansambli joʻrlik qiladi, lekin ashugning asosiy musiqa asbobi soz hisoblanadi. 
Ashug sanʼatining eng keng tarqalgan janri dostondir, xususan mardonavor — 
epik dostonlardir. Dostonlardagi vokal — instrumental qismlari sheʼrdagi dialog 
fragmentlari bilan navbatma-navbat keladi. Feodal va bosqinchilarga qarshi 
kurashgan, XVI asrning ozarbayjon xalq qahramoni Goʻrogʻli haqidagi doston 
ayniqsa mashhurdir. Bu dostonda Goʻroʻgʻlining jasoratlarini madh etuvchi bir nechta 
qoʻshiqlar mavjud. Ularga „Goʻroʻgʻli djengisi“, „Atli Goʻroʻgʻli“, „Piyada 
Goʻroʻgʻli“, „Goʻroʻgʻli“ va boshqa qoʻshiqlar kiradi. Qahramonlik mavzusidagi 
„Misri“ qoʻshigʻi ashuglar dialogida koʻp ijro etiladi. Bunday dialogda muayyan 
mavzuda improvizatsiya qilayotgan ikkita, uchta va xatto toʻrtta ashuglar ishtirok 
etishi mumkin. 


10 
Zamonaviy ensiklopedik lugʻatda „ashug“ soʻzi arab va turkiy „ashug“ — 
„oshiq“ soʻzidan kelib chiqqanligi koʻrsatilgan. Katta ensiklopedik lugʻatida ham 
„ashug“ turkiy tilda „oshiq“ maʼnosini bildirishi koʻrsatilgan
[4]
. „Ashug“ soʻzi arab 
tilidan kelib chiqib avval „ehtiros bilan sevgan, ilohiy sevgi bilan yonayotgan“ 
maʼnosini bildirgan, soʻng esa u turkiy tilga oʻtib va asta sekin arman va gruzin tiliga 
„qoʻshiqchi-shoir“ maʼnosi bilan oʻtgan deb hisoblanadi. XII asrning turkiy shoir-
tasavvufchisi Ahmad Yassaviy oʻzining „Haqiqat oshiqlari“ sheʼrida soʻfiy 
darvishlarini
[
„ashuglar“ deb atagan. 
Ashug sanʼati tarixi 
Ozarbayjon madaniyatida ashug anʼanasi ashug Gurbani yashab ijod qilgan 
vaqtda- XV-XVI asrlardan boshlab rivojlana boshlaydi, lekin sanʼatning oʻzi bundan 
ham qadimroq tarixga ega, masalan ozanlar X—XI asrlardanoq ijod qilishgan. 
Ozanlar oʻz hikoyalarini gopuz ijrosi bilan kuzatgan va oguzlar orasida alohida diniy 
taʼsirga ega boʻlgan oguz baxshi va qoʻshiqchilari boʻlishgan. Ozanning mashhur 
yodgorliklariga oguz qahramonlik eposi „Buvam Korkut kitobi“ kiradi. Tarixda Dede 
Korkut, Dede Abbas, Dede Yadigyar, Dede Gasim, Dede Kerem („Dede“ soʻzi 
oguzlarda „diniy ota“ maʼnosini bildirgan) kabi ozanlar mashhur. XVII asrda ozanlar 
tarixiy sahnadan butkul ketgan. Islom taʼsirini kuchayishi va uning turkiy-oguzlar 
jamiyatidagi mafkurasi bunga sabab boʻlgan. Arab tili va adabiyotining tarqalishi va 
umuman islom gʻoyalariga yoʻnaltirilgan madaniyatining tarqalishi ozan sanʼati 
gʻoyalarini buzgan. 
Gurbani davrida oʻz chiqishlarini gopuz bilan bezatgan ozanlar oʻrniga 
qoʻshiqlarini sozda chalgan ashuglar kelishgan. 
Ashug musiqasining janrlari 
Milliy sheʼriyatning asosiy janrlari — goshma, doston, ustadname, shuningdek, 
ularning sheʼriy shakllari — gerayli, divani, goshma, tedjnis — ashuglar ijodining 
eng sevimli shakllaridir. 
Goshma 


11 
Xalq sheʼriyatining eng keng tarqalgan shaklidir. „Goshmada“ boʻgʻinlar soni 
oʻn birga yetadi. „Goshma“ bir nechta kichik turlarga boʻlinadi: „gyuzelleme“ — 
gyuzel — chiroy soʻzidan tabiiy goʻzallik yoki ajoyib insoniy hususiyatlarini madh 
etiladigan shakldir; „kochaklama“ — qahramonlik amallari yoki qahramonlarning 
oʻzi madh etiladigan shakldir; „tashlama“ — jamiyat yoki insonlarning kamchiliklari 
tanqid qilinadigan turi, „agit“ xotirlashga atalgan qoʻshiq. 
Doston 
Nafaqat sharqiy balki gʻarbiy sheʼriyatda mashhur boʻlgan janr (shu jumladan 
xalq oʻrtasida). „Dostonlarda“ ashuglar mardlik, sevgi qissalari, muhim tarixiy 
voqealar haqida hikoya qilishgan. Uslubiy va boʻginli maʼnoda koʻpincha „koshma“ 
ni eslatadi, lekin undan toʻrt misraliklarning soni, mavzu, maʼno va musiqa mavzusi 
bilan farq qiladi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin