12
1.2Ozarbayjon ashuglarining ijro uslubi
mahalliy ijodning oʻziga hos
hususiyatlari bilan ajralib turgan. Masalan, Gyandja, Kelbadjar, Gazax, Tovuz,
Borchalining har bir hududini aks ettiradigan ashuglar oʻzining individual mahorati
bilan ajralib turadi va katta matonat bilan ashug sanʼatining anʼanalarini asrashadi.
Koʻp hollarda ashug ijrosiga balaban ijrochisi va puflab chalinadigan cholgʻular
ansambli hamrohlik qiladi, lekin ashugning asosiy cholgʻu asbobi bu sozdir. Asosiy
ozarbayjon xalq cholgʻu asboblari bu: tor, def (mugʻomchilar triosida), soz (ashuglar
ijodida), nogʻora, gosha-nogʻora (bayram udumlarida).
Ijodiy hususiyatlariga koʻra ashuglar quyidagicha farqlanadi:
1.
Ashug-shoir xalq orasida „Usta ashug“ (ashug -usta) — dostonlar, karavellalar,
sheʼrlar yozadi, qoʻshiq aytadi va
soz chaladi, ijro raqslar bilan kuzatiladi.
2.
Ashug — cholgʻuchi. Mashhur ashuglarning ijodini targʻib qilishadi, qoʻshiq
aytib sozda chaladi, ayrim hollarda raqsga tushadi.
3.
Ashug — hikoyachi ayrim hollarda bir oʻzi (yakkaxon) chiqish qiladi, oʻziga
sozda joʻrlik qilgan, ashugni yonida harakatlanib raqsga tushadigan dudukchi ham
unga joʻrlik qilishi mumkin.
Ashuglar nafaqat yakkaxon balki, odatda toʻrt ijrochidan- ashug,
ikkita
dudukchi va doʻmbirachidan tashkil topgan ansambl boʻlib ham ijro etishgan. Ashug
ansamblini shuningdek soz bilan balaban va zarbli cholgʻu asbobi ham tashkil etgan.
13
Repertuar
Ashug Alesker, XIX—XX asrlar ashug va dostonchi
Ashuglar repertuari faqatgina dostonlar bilan cheklanib qolmaydi; u janrlari boʻyicha
xilma-xildir va mavzusi boʻyicha juda aniq, doimo ijtimoiylik bilan qayralgan.
Ashuglar ertak (nagil), sevgi-lirik qoʻshiqlar, madh etish qoʻshiqlari (gyozelleme),
axloqiy qoʻshiqlar (ustadname), satirik qoʻshiqlarni bilishadi.
Bunday beshlik
(muhammas) va ikkilik (dubeyt) kabi sheʼriy shakllarda ijod qilishadi, shuningdek lab
yopilishini talab etmaydigan (dodax-deymez), fonemalarda qurilgan sheʼrlardan keng
foydalanishadi. Koʻp ashuglar 50-60 dostonlar, oʻnlab hikoya, qissa va ertaklarni
(misol uchun Gokchidan mashhur ashug Alesker) yodda tutishgan.
Oldin ashuglar choyxona,
karvon-saroy, bozor maydonlarida chiqishlar
qilishgan. Ularning repertuarida koʻp ajoyib sheʼriy namunalar boʻlgan. Ashuglar
hirgoyilari
musiqiy jihatdan qiyin emas, lekin ritmik aniqdir. Bu hirgoyilar
anʼanaviydir va avloddan avlodga oʻtib boradi. Bu bilan bir motivlar faqatgina
qahramonlik sheʼrlariga, boshqalari esa — faqat lirik sheʼrlarga toʻgʻri keladi. Bitta
tarona turli ashuglarda har xil uslubda ijro etiladi va shaxsiy did va temperamentga
bogʻliq. Ashuglar ijodining eng koʻp tarqalgan janri bu sevgi lirikasidir. Lekin ashug
ijodining eng qiziqarli shakli bu musiqali — sheʼriy bellashuv — deyishmedir, uning
ishtirokchilari (ashuglar)
topishmoq, savol va javoblarda bellashadilar. Bunda
ashuglardan biri raqibiga sheʼriy shaklda javob qaytara olmasa yoki topishmoqni topa
14
olmasa, gʻolib magʻlubning sozini olib qoʻyishga haqli boʻlgan va magʻlub ashug
unvonidan mahrum boʻlgan.
Dostları ilə paylaş: