83
Qisqасhа хulоsаlаr
Soliq-budjet sohasi va soliq-budjet siyosatidagi o‘zgarishlar xo‘jalik
rivoji va iqtisodiy siyosatida muhim rol o‘ynaydi. Soliq-budjet siyosati
yalpi iqtisodiy resurslardan foydalanish va yalpi taklif darajasiga bevosita
ta’sir ko‘rsatadi. Pul-kredit va valuta siyosatlari kabi, u to‘lov balansining
holati,
qarzdorlik darajasi, inflatsiya sur’atlari va iqtisodiy o‘sishni
belgilaydi.
Soliq sohasi, davlat xarajatlari va qarz olish siyosati ishlab
chiqaruvchilar va iste’molchilar hulqi,
mamlakat daromadlari va
boyliklarini
taqsimlashga
ta’sir
ko‘rsatadi.
Ko‘pincha
makroiqtisodiyotning ichki va tashqi sektorlaridagi jiddiy disbalans, turli
choralarni qo‘llashga qaramasdan, bartaraf qilinmagan budjet kamomadi
sababli kelib chiqadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. O‘zbekiston Respublikasining soliq-budjet sohasida so‘nggi
yillarda
qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlarining asosiy mazmuni
nimalardan iborat?
2. Diskret fiskal siyosatining kamchiliklari nimalardan iborat?
3. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi qanday paydo bo‘ladi,
ular qay
yo‘sinda tugatiladi?
4. Rag‘batlantiruvchi va cheklovchi fiskal siyosatning qisqa va uzoq
muddatdagi natijalarini tushuntirib bering.
84
9-BOB.
ISHSIZLIK VA INFLATSIYA DARAJASINING
IQTISODIY TAHLILI
9.1. Aholining asosiy kategoriyalari
Makroiqtisodiy beqarorlik vaziyati yuzaga kelib, iqtisodiy rivojlanish
pasayish tomon o‘zgarganda, iqtisodiy resurslardan to‘liq foydalanmaslik
oqibatida ishsizlik muammosi yuzaga kelishi mumkin. Ishsizlarni
aniqlash uchun eng avvalo aholining asosiy toifalarini ko‘rib
chiqish
lozim bo‘ladi.
Mamlakat aholisi (population – POP) makroiqtisodiy nuqtai
nazardan ikki toifaga ajratiladi:
ishchi kuchi tarkibiga kiritiladigan aholi (labour
force -
Dostları ilə paylaş: