o ‘zining yashashi uchun qulay bo‘lgan arealning muayyan qismlari- nigina egallaydi. Masalan, kichik yumronqoziq Dneprdan boshlab Oltoy tog‘oldigacha tarqalgan bo‘lib, bu chegara uning tarqalish areali hisoblanadi. Ammo kichik yumronqoziq o ‘z areali doirasida joylashgan aholi punktlari hamda o ‘rmonlarda uchramaydi va u faqat o ‘zining yashashini ta’minlay oladigan qulayliklarga ega bo‘lgan joy lardagina uchraydi. Arealning bunday qismlari yashash joylari deb yuritiladi. Odatda, tur areali ushbu turning kenja turlari areallari y ig ‘ indisidan, avlod areali ushbu avlodga mansub turlaming, oila areali esa ushbu oilaga mansub avlodlaming areallari y ig ‘indisidan tashkil topadi. Xuddi shunday turkum, sinf va tip areallari ham o ‘zlarining tarkibiga kimvchi sistematik guruhlaming areallari yig‘indisidan tashkil topadi. 0 ‘troq yashovchi turlaming areallarini aniqlash qiyinchilik tug‘dirmaydi. 0 ‘zlarining yashash joyini yil fasllariga qarab o ‘zgartirib turadigan turlaming areallarini aniqlashning o ‘ziga xos qiyinchiliklari mavjud. Bunday migratsiya qiluvchi yoki ко‘chib yuruvchi turlaming areallarini aniqlash bo‘yicha ikki xil qarashlar bor. Ulaming birinchisiga ko‘ra, turning yashash joyi va “kezib” yu- radigan joyini farqlay olish lozim. Uzoq muddat davomida turning ko‘payishi kuzatiladigan va populatsiyasining zichligini saqlab ke layotgan joyi uning yashash hududi, ya’ni areali hisoblanadi. Tur o ‘zining “kezib” yuradigan joyida ma’lum muddatda uchrab turadi, ammo ko‘payishda ishtirok etmaydi. Masalan, qushlaming qishlash, qo‘lqanotlilaming oziqlanish joylarini o ‘zgartirib turishi va boshqa lar bunga misol bo‘la oladi. Areallami aniqlashga nisbatan ikkinchi