lozim bo‘Isa, bunda har bir tur areali alohida shartli belgilar (nuq- ta, uchburchak, aylana va boshq.) bilan belgilanadi. Bunday usul o ‘rganilayotgan turning boshqa turlar bilan o ‘zaro qanday biotik mu- nosabatda bo‘lishini, muayyan yashash muhitida turlami birga jamoa holida uchrashini ta’minlovchi ekologik omillami, mazkur jamoada qaysi turning zich va siyrak joylashganligini hamda uning sabablarini aniqlash va tegishli tartibda xulosalash imkoni yaratiladi. 4.1. Areal xaritasini tuzish uslublari Zoogeografiyada areallar xaritasini tuzishda quyidagi uslublar qo‘llaniladi: 1. Nuqtalar orqali xaritalashtirish uslubi. Mazkur uslub asosiy uslub- lardan biri hisoblanadi va bunda muayyan hududda o ‘rganilayotgan tur uchraydigan har bir joy nuqtalar yoki kichik aylanalar yordamida kontur xaritaga tushiriladi. Bu uslubning afzalligi shundaki, turning tarqalishi to‘g ‘risida ma’lumotlar juda kam bo‘lganda yoki u faqat bir joydagina uchratilganda aynan mazkur uslubdan foydalaniladi. Nuqtalar orqali xaritalashtirishda olingan natijalaming aniqlik da- rajasi mavjud materiallaming miqdoriga va xaritaning masshtabiga bog'liq bo‘ladi. Shuni unutmaslik kerakki, xaritaga turning alohida vakillarini birma-bir tushirish yaramaydi. Turga mansub vakillar muayyan joyda qancha miqdorda uchrashidan qat’i nazar, o ‘sha joy xaritaga yagona belgi orqali tushiriladi. Bunday xaritalashtirish faqat arealning geografik tabiatini ifodalaydi. Yaxshi o ‘rganilgan tur are alini xaritalashtirishda, mazkur tur uchraydigan barcha joyni xaritada tasvirlash shart emas. Agarda turning muayyan arealda tarqalishi bir tekis bo‘lsa, ya’ni tur hududda yoppasiga tarqalgan bo‘lsa, u vaqtda tur egallagan barcha joy bo‘yaladi yoki shtrix chiziqlar bilan belgi