Areal tushunchasi zoogeografiyada keng qo‘llaniladi va bun da asosan yer yuzasining muayyan tur yoki har qanday sistematik birlikka (avlod, oila, turkum, sinf va boshq.) mansub hayvonlar bi lan egallangan qismi nazarda tutiladi. Zoogeografiyada ko‘pincha tur areali xususida so‘z boradi. Chunki tur tirik organizmlaming asosiy birligi va dastlabki sistematik kategoriyasidir. Ayrim hollarda kenja turlaming areallarini o‘rganish ham qimmatli ma’lumotlarni olish va muhim xulosalar chiqarish uchun asos bo‘ladi. Yuqorida ta'kidlanganidek, fauna tur tarkibining to iiq ro‘yxatini tuzish juda murakkab. Xuddi shunday, juda uzoq va ko‘p izlanish- lar hamda katta tajriba talab etilganligi sababli, amaliyotda, yer yu- zasida mavjud bo‘lgan barcha organizmlaming areallarini to‘liq o ‘rganishning ham imkoni cheklangan. Shunday bo‘lishiga qaramas- dan, inson hayotida nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan turlaming areallarini o'rganish juda muhim. Chunki shu asosda u yoki bu turning kelajagi va ahamiyati haqida ayrim xulosalar chiqarish imkoniyatlari yaratiladi. Turlami iqlimlashtirish va qayta iqlimlashtirish, ulaming son dinamikasidagi o ‘zgarishlami aniqlash, areallarning qisqarishi yoki kengayishi bilan bog‘liq masalalami hal qilishda areallar ustida o ‘tkaziladigan tadqiqotlar juda zarur. Turning yoki boshqa taksonlaming tarqalish chegaralarini belgi- lash uchun ulaming tarqalish areallari xaritalarda turlicha ifodalanadi. 60
Bunda tur areali har xil shartli belgilar bilan chegaralanib qolmasdan, balki turning tarqalishini cheklovchi omillar ham aniqlanadi. Areal lar chegarasida o ‘rganilayotgan tur bir tekis tarqalmaydi, ya’ni tur