hayvonlar hisobiga yuz berishini hisobga olgan holda, bu hodisa fanda “faunani yevropalashtirish”deb nom olgan. Ushbu hodisani o ‘rganish hayvonlaming tarqalishidagi ayrim qonuniyatlami oydinlashtirish imkonini beradi hamda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi misollar insonning tabiatga ta’siri turli-tuman va chuqur bo‘lishidan hamda muhim zoogeografik ahamiyatga ega ekan- ligidan dalolat beradi. Zoogeografik omil tabiatga ta’sir qiluvchi va uning o ‘zgarishiga sabab bo‘luvchi omil sifatida pleystotsen davrida Yevropada boshlangan. Madaniyatning rivoji va aholi sonining ortib borishi natijasida bu omilning ta’sir doirasi kengayib bormoqda. Ay- niqsa, keyingi 100 yillikda Yevropa va Shimoliy Amerikada uning oqibatlari yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Faunaga antropogen omillaming salbiy ta’sirlari natijasida ayrim turlar butunlay qirilib ketgan. Masalan, qadimgi gavayaliklar tomoni- dan ba’zi qush turlari, qadimgi polineziyaliklar tomonidan mao qush- lari va Yangi Zelandiyadagi qushlaming ayrim avlodlari, Maskaran orollarida drontlar qirilib ketgan. Xuddi shunday kokilli qoravoy, steller sigiri, 1844-yilda esa qanotsiz gagaraning oxirgi jufti inson tomonidan nobud qilingan. G‘arbiy Yevropada ayiqlar qirilib ketgan (1934-yilda Polshada 100 ta ayiq saqlanib qolgan), bo‘ri, rossomaxa, los kabi turlar atigi bir necha sondagina saqlanib qolgan. Bir paytlar suvsaming areali to‘liq bo‘lgan, XX asming boshlariga kelib esa u bir nechta alohidalashgan areallarga ega bo'lgan. Endilikda yuqorida qayd etilgan turlaming ko‘pchiligini ov qilish taqiqlangan va maxsus muhofazaga olingan. Ba’zi hollarda kelgindi turlaming mahalliy turlami to‘g ‘ridan-