ganligiga qarab kamayib boraveradi. Orol faunalariga xos bo‘lgan 53
tubdan farq qiluvchi xususiyatlar materiklardan olisda, okeanlarda joylashgan orollarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Pasxa, Galapogoss, Gavaya va boshqa orollarda shunday xususiyatlami kuzatish mum kin. Bunday orollar faunasida turlaming juda kamligi faunaning ma teriklardan tasodifan keltirilgan yoki yaqin orollardan havo oqimi hamda suzib yuruvchi turli predmetlar orqali kelib qolgan hayvonlar- dan shakllanganligi bilan tushuntiriladi. Bu kabi orollarda ko‘pincha sutemizuvchilar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar va ilonlar bo‘lmaydi. Ba’zan butunlay alohidalanish natijasida orollarda o ‘ziga xos xususiy turlar va kenja turlar paydo bo‘lishi mumkin. Gavayada nektarchi qushlaming 22 turi, Galapogoss orollarida darvin vyurokla- rining uchrashi bunga misol bo‘lishi mumkin. Yangi yashash joyida nisbiy alohidalashgan sharoitlaming turlicha bo‘lishi, ularda dastlab ki turdan bir necha turlaming hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu jarayon adaptiv radiatsiya deb ataladi va orol faunalari uchun xos bo‘ladi. Orollarda, odatda, biotsenoz tarkibidagi turlar soni kam bo‘ladi hamda hayvonlar tomonidan foydalanilmayotgan hayot uchun zarur resurslar ko‘p bo‘ladi va umuman, bo‘sh ekologik joylar mavjud bo‘ladi. Bu esa orollaming yangi turlar bilan egallanishiga sabab bo‘ladi. Bunday biotsenozlar egallanmagan biotsenozlar deb yuriti ladi. Orollarda va shu kabi faunasida turlar kam bo‘lgan boshqa joy larda ko‘pincha relikt organizmlar saqlanib qolgan (Yangi Zelandi- yada gatteriya, Madagaskarda bir necha turdagi sodda primatlar). Tur sonining kamligi, ko'pchilik turlar zichligining pastligi va faunaning