sil bo‘lgan Skandinaviya faunasini misol qilish mumkin. Misol tariqasida 0 ‘rta Osiyoning yer usti faunasi genezisini ko‘rib chiqaylik. O.L.Krjanovskiyning (1965) qayd etishicha, 0 ‘rta Osiyo- dagi ko‘pchilik hayvon guruhlari (qushlar, sutemizuvchilamihg ay- rim turkumlari) tarkibida endemiklar ko‘pligi bilan ajralib turadi. Bu joyda tur endemizmi umumiy tur tarkibining o ‘rtacha 2/3 ni tashkil etadi. 0 ‘rta Osiyo hayvonot olamida endemizm foizi tog‘larda ya- shovchi hayvonlarda nisbatan yuqori bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, fauna genezisi (faunogenez)ni zamonaviy fauna tarkibidagi avtoxton va migrantlaming ishtirok etish hissasi bilan tushuntirish mumkin. Keng tarqalishga ega bo‘lgan turlaming juda ko‘p sonda uchrashi, endemizm foizining pastligi fauna genezi- sida migratsionjarayonlar ustunligini ko‘rsatadi. Aksincha, endemik lar sonining ko‘pligi va ayniqsa, yuqori taksonlarda endemizmning mavjudligi, uzoq vaqt davomida mahalliy tur paydo bo‘lish jarayon- lari ustun bo ‘ lganligidan dalolat beradi. 3.4. Fauna tarkibida tur sonining ko‘pligi yoki kamligi va uni belgilovchi ekologik omillar Yuqorida ta’kidlanganidek, faunaning tur tarkibi uning muhim bel gilaridan biridir. K o‘p hollarda fauna tarkibida tur sonining ko‘pligi 52
yoki kamligi u egallagan hudud maydonining katta-kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. Buni turli faunalaming tur tarkibini o ‘zaro solishti rish orqali aniqlash mumkin. Ayrim hollarda esa fauna tarkibida tur sonining ko‘pligi yoki kamligi u egallagan hudud kattaligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Masalan, Palearktika oblastining maydoni juda keng bo‘lishiga qaramasdan, uning faunasida turlar soni nisbatan kam.