irnkoni bo‘lmasa, u vaqtda uning nisbiy yoshi aniqlanadi. Bunda tur ning yoshi uning evolutsion jihatdaft mukammallik darajasi bo‘yicha, ya’ni tuzilishining soddaligi yoki murakkabligi bilan aniqlanadi. Sod- dalik ko‘p hollarda turning nisbatan qadimiyligini belgilaydi. 50
Zamonaviy ekologik sharoitlarga muvofiqlik darajasidan kelib chiqqan holda, faunada bir necha kategoriyadagi turlar farq qilinadi. Bular progressiv, konservativ va relikt elementlardir. Progressiv turlar uchun muhitning zamonaviy sharoiti qulay bo‘lib, ulaming zichligi juda yuqori, areali esa kengayish xususiyatiga ega bo‘ladi (biologik progress). Bularga progressiv endemiklar misol bo‘la oladi (baland tog‘larda yashovchi Oreomela avlodiga mansub bargxo‘r qo‘ng‘izlar turkumi). Shu bilan birga, fauna tarkibiga boshqa oblastlardan kirib kelgan va arealini kengaytirayotgan alloxton turlar ham progres siv elementlar hisoblanadi (rusak tovushqoni, mayna). Konservativ kategoriyaga esa har qanday faunada keng tarqalishga ega bo‘lgan ko‘pgina turlar tegishlidir. Ular o ‘z areallarini kengaytirish yoki toray tirish xususiyatlariga ega emas. Ular asosiy biotsenozlaming barqaror komponentlari bo‘lib, turli yashash sharoitlariga yaxshi moslashgan va populatsiya soni esa o ‘rtacha tebranishga ega bo‘ladi. Bunday tur lar hozirgi vaqtda muvaffaqiyatli taraqqiy etmoqda. Relikt kategori yaga areali qisqargan yoki qisqarayotgan, taraqqiy davrini o ‘tagan tur va avlodlar tegishlidir. Zamonaviy yashash sharoitlari ulaming “ekologik talablariga” ko‘pincha mos kelmaydi. Relikt formalaming hozirgi vaqtda taraqqiy etish imkoniyatlari cheklangan bo‘lib, bu ho