kemiruvchilaming uyasidan boshpana sifatida
foydalanishi qayd etil
gan. Ko‘kbo‘zdoq va hind chumchug‘i kabi qush turlari qoyalarda
uya qurib, ko‘payishda ishtirok etishi bilan bir qatorda, jazirama is
siqdan va dushmanlaridan himoyalanadi.
Hayvonlaming tashqi muhitga moslanishlaridan yana biri
maskirovkadir. Odatda, cho‘l hayvonlarining rangi tashqi muhit ran
giga mos, ya’ni sarg‘imtir kulrang tusda bo‘ladi. Bunday tus ulaming
dushmanlardan himoyalanishi va ov qilishida qulaylik yaratadi.
Qumli cho‘llarda tarqalgan hayvonlaming harakat organlarida
moslanish bilan bog‘liq o‘zgarishlar kuzatiladi. Masalan, ingichka
barmoqli yumronqoziq, paxmoq oyoqli qo‘shoyoq va putorak yerqa
zarining panjalarida uzun dag‘al qillar bo‘Isa, ayrim sudralib yuruv
chilar (taroq barmoqli gekkon, yumaloqboshlar) va qo‘ng‘izlaming
panjalarida shox va xitindan tashkil topgan o‘simtalar shakllangan.
Bunday moslanishlar ulaming sirg‘anchiq
qumda harakatlanishini
yengillashtiradi. Ko‘pgina qumda harakatlanuvchi sudralib yumvchi
larda boshining yuqori qismida joylashgan ko‘zlar va bumn teshiklari
hayvonning qumga ko‘milgan holda atrofni kuzatishini ta’minlaydi.
Yumaloqboshlar, charxilon va qum bo‘g‘ma iloni kabi turlar qumga
ko‘mila olish qobiliyatiga ega bo‘lib, bunday xususiyat hayvonlar-
ning himoyalanishi va ov qilishi uchun qulaylik yaratadi.
Cho‘l mintaqasida yashaydigan hayvonlardan bo‘ri, tulki, bo‘rsiq,
quzg‘un kabi turlar yuqori ekologik valentlikka ega bo‘ladi. Ayrim
sinantrop turlar (uy sichqoni, uy chumchug‘i) hamda hayoti suv
havzalari bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi turlar ham cho‘lda
yashashga
moslashgan.
Cho‘l faunasi tarkibi choi sharoitlariga yuqori darajada muvo
fiqlashgan, adaptatsiyalashgan turlar bilan bir qatorda, ancha keyin
dasht mintaqasidan cho‘l mintaqasiga ko‘chib o‘tgan turlardan (dasht
qora iloni, tez kaltakesagi, dasht burguti, bir necha turdagi to‘rg‘aylar,
kichik yumronqoziq, ko‘rsichqon, sayg‘oq) tashkil topgan.
Qumloq cho‘l tiplarida asosan bo‘g‘imoyoqlilar (chumolilar,
qora qo‘ng‘izlar,
uzun tumshuqlilar, bo‘xcha qo‘ng‘izlar)ning turlar
40
soni ancha ko‘p bo‘lib, o‘rgimchaksimonlardan falangalar, haqiqiy
o‘rgimchaklar, chayonlar, umurtqalilar
orasida esa sudralib yuruv-
chilar keng tarqalgan. Bu turlaming aksariyati endemik yoki Paleark-
tika cho‘llariga, ayrimlari faqat Orol - Kaspiy cho‘llariga xos tur-
lardir (dasht baqasi, kulrang ssink, taroq barmoqli va boshqa qator
gekkonlar, dasht va Kavkaz agamalari, quloqli va qum yumaloqbosh
lari,
kulrang echkeemar, qum charx iloni, qumbo‘g‘ma iloni, o‘qilon,
chipor ilonlar va boshqalar).
Qushlar faunasi tarkibida turlar soni kam bo‘lishiga qaramay, bu
guruh orasida ham aynan cho‘llar uchungina xos bo‘lgan endemiklar
(xo‘jasavdogar, cho‘l va saksovul chumchuqlari, cho‘l moyquti, oq
va qorabovurlar) uchrab turadi. Cho‘l mintaqasidagi suv havzalarida
jingalak va pushti birqozon, kichik qoravoy, qizil g‘oz, kichik va katta
oq qarqaralar, qoshiqburun, marmar o‘rdak, uzun dumli burgut kabi
suv va suv oldi qushlarini uchratish mumkin.
Markaziy Osiyo cho‘llarida sutemizuvchilardan putorak yerqa
zari, shalpangquloq tipratikan, sariq
va ingichka barmoqli yumron
qoziq, kichik qo‘shoyoq, paxmoq oyoqli qo‘shoyoq va taroq barmoq
li qo‘shoyoq, qizil dumli katta qumsichqon, jayron, qulon, yovvoyi
mushuklaming bir necha turlari (qoraquloq, manul, barxan mushugi,
gepard), chiya bo‘ri, tulki, bo‘ri va boshqalar keng tarqalgan.
Qumli cho‘l tipi faunasi xilma-xilligi bo‘yicha boshqa tipdagi
cho‘l faunalaridan ancha ustun turadi. Bu tipdagi cho‘llarda, ayniqsa,
sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilar va bo‘g‘imoyoqlilaming xilma-
xilligi hamda zichligi nisbatan yuqori bo‘ladi.
Gilli cho‘llaming faunasi tarkibida turlar soni kam bo‘ladi. Bu yer-
da hasharotlaming kam bo‘lishi sababli, ular bilan oziqlanuvchi sud
ralib yuruvchilar ham kam bo‘ladi. Toshloq va sho‘rxok cho‘llarda
hayotiy jarayonlaming kechishi uchun qulay sharoitlaming kamligi,
mazkur cho‘llar faunasi tarkibida turlar
sonining ham kamayishiga
sabab bo‘lgan.
41