Faunada tur sonining ko‘pligi ko‘pgina omillarga, jumladan, fau naning yoshiga, shakllanish jarayonidagi va ayni vaqtdagi mavjud ekologik sharoitga bog‘liq bo‘ladi. Faunada tur sonining ko‘pligi uning tarkibidagi endemik turlar, avlodlar, oilalar kabi sistematik birliklaming soni bilan baholanadi. Faunaga xos xususiyatlami baholashda uning boshqa faunalar bi lan faunistik aloqalari ham muhim o ‘rin tutadi. Shu bilan birga, fau naning muayyan hududning o ‘zida paydo bo‘lishi, shakllanish dara jasi endemik tur yoki avlodlaming mavjudligini o ‘zida aks ettiruvchi muhim belgidir. Faunani baholashda buni ham hisobga olish zarur. Fauna tarkibidagi endemiklaming sistematik o ‘mi qancha yuqori pog‘onani (oila, turkum, sinf) egallasa, fauna shu hududning o ‘zida shakllangan, ya’ni shu hudud uchun xos bo‘ladi. Masalan, fauna tarki bida endemik turkum va oilalaming uchrashi, faunaning alohidalash gan sharoitda uzoq muddat rivojlanganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, fauna tarkibida faqat endemik turlar, ayniqsa, kenja turlaming mavjudligi faunaning nisbatan yoshligidan va uning boshqa faunalar bi lan bo‘lgan turli-tuman aloqalaridan dalolat beradi. Masalan, Avstraliya va Neotropik oblastlar faunasi tarkibida endemik oila va avlodlar juda ko‘pchilikni tashkil etgan bir vaqtda, maydonining katta bo‘lishiga qa ramasdan, Palearktika oblastida endemik oila va avlodlar juda kam. Bu holat Palearktika oblasti faunasida turlar soni kamligini ko‘rsatadi. Odatda, orollaming iqlimiy xususiyatlari va relyefi materiklarga o ‘xshash bo‘Isa ham, faunasi tarkibidagi turlar soni xuddi shunday kattalikdagi materiklar faunasidagi turlar soniga nisbatan doimo kam bo‘ladi. Turlar soni orollar materiklardan qanchalik uzoqda joylash