kita yumronqoziq Belorussiyaga, avtomobil yoMlari orqali opos sum, iguana va zaharli kaltakesaklar Amerikaga keltirilgan. Xuddi shunday, kemalar va boshqa suzuvchi obyektlar ko'plab turlaming tarqalishiga sabab bo‘lgan. Masalan, termitlar va boshqa ko‘pgina tropik hasharotlar Odessa yaqiniga tarqalgan, 3 yil davomida dunyo ahamiyatiga ega bo‘lgan Gamburg portiga bir qismi tropik kelib chiqishga ega bo‘lgan 490 turdagi hayvonlar olib kelingan, Janubiy Fransiyaning port shaharlarida yashovchi gekkonlar Aljirdan keltiril gan, Osiyoda uchrovchi shilliqqurt (Achatina fulica) Afrikadan kelib qolganligi va ushbu shilliqqurtning 1922-yilda Singapurda, so‘ngra Saravakeda, ayni vaqtda esa Xitoyda uchrashi to‘g ‘risida ma’lumotlar bor. B a’zi joylarda esa mazkur shilliqqurt zararkunanda darajasiga- cha ko‘tarilgan. 0 ‘rta Osiyo va 0 ‘zbekistonga keltirilgan ondatra, ilonbosh baliq, oq amur, gambuziya kabi turlar ham ayni vaqtda o ‘z areallarini kengaytirib bormoqda. 55
Tasodifan kelib qolgan turlaming ayrimlari xavfli zararkunandalar sanaladi va x o ‘jalikka katta ziyon yetkazadi (kolorado qo‘ng‘izi, qand sikadasi). Buning oldini olish maqsadida davlat chegaralarida karan- tin xizmati tashkil etilgan. Hayvonlami ongli ravishda turli maqsad- larda olib kelish, ulami iqlimlashtirish amaliyotda keng qo‘llaniladi. Yevropaga Shimoliy Amerikadan ondatra, Janubiy Amerikadan esa nutriya keltirilgan, ussuriy yenotlari Kavkazga, los esa Yangi Zelandi- yaga iqlimlashtirilgan. X o ‘jalik uchun zararli bo‘lgan hayvon turlari- ga qarshi biologik kurash maqsadida ham hayvonlar iqlimlashtiril gan. 1872-yilda zaharli ilonlar hamda qand plantatsiyalariga ziyon