keltiruvchi kalamushlami qirish maqsadida Antel orollari, Santa- Lyuchiya, Martinik, Gaiti, Yamayka va boshqa joylarga mangustlar iqlimlashtirilgan. Xuddi shunday, mangustlar Janubiy Afrika, 0 ‘rta Yer dengizi va Amerikaga ham keltirilgan. Apelsin va limonzorlar- ga jiddiy zarar keltiruvchi Lceria purchasi nomli hasharotga qarshi kurash maqsadida Avstraliyadan bu hasharotning tabiiy dushmani hi- soblangan xonqizi keltirilgan va samarali natijaga erishilgan. Ba’zan, kolonistlar tomonidan o ‘z Vatanlarini qo‘msash, uni eslash maqsa dida qator turlar, ayniqsa, qush turlari bir hududdan boshqasiga olib kelingan. Shu usulda oddiy chumchuq Amerika va Janubi-sharqiy Osiyoga tarqalgan. Yevropaning qator turlari Yangi Zenlandiyaga, Yevropa va Amerika turlari Gavay oroliga keltirilganligi qayd etiladi. Bezgak pashshasiga qarshi kurash maqsadida ko‘p joylarga Ameri- kaning karpsimon baliqchalari (Girardinus va Gambusia) tarqatilgan. Dastlab Yangi Zelandiyaning mahalliy faunasi tarkibida 3 turga man- sub bo‘lgan sutemizuvchilar (1 tur kalamush va 2 tur ko‘rshapalak) uchragan va keyingi yillarda bu joyga mikroskopik kichik hayvon- lardan tashqari 600 turdagi hayvonlar ongli ravishda keltirilgan. Bu ning oqibatida Yangi Zelandiyaning haqiqiy faunistik qiyofasi tubdan o ‘zgargan. Bunday holat Avstraliya uchun ham xos. Yer yuzining turli joylarida Yevropa madaniyatining rivojlamshi oqibatida hayvonot dunyosi tarkibida ham turli o ‘zgarishlar sodir bo‘4gan va bu jarayon ayni vaqtda ham davom etmoqda. 56
Fauna tarkibidagi o ‘zgarishlaming aksariyati Yevropada tarqalgan