yetadi, pakana suv ayg‘iri (Choeropsis liberinsis)ning og‘irligi 250- 260 kg, tana uzunligi 150 sm atrofida bo‘ladi. So‘galli cho‘chqalar (Phacochoerus) va cho‘tka quloqli cho‘chqalar (Potamochoerus) av- lodlari ham ushbu oblastda tarqalgan. Haqiqiy cho‘chqalar (Sus) av lodi esa uchramaydi. Toq tuyoqlilardan karkidonlaming 2 turi (oq va qora karkidon) tarqalgan bo'lib, ular oldingi tishlarining yo ‘qligi va ikkita shoxlarining mavjudligi bilan ajralib turadi. Zebralaming 3 ta turi (savanna zebrasi, tog‘ zebrasi, grevi zebrasi) tarqalgan va ular- dan tog‘ zebrasi qirib tashlash oqibatida deyarli yo ‘qolish arafasida turibdi. Afrika fillari hind fillaridan erkak va urg‘ochilarida ham uzun kurak tishlar mavjudligi bilan ajralib turadi (hind fillarining faqat erkaklarida kurak tishlari bor). Oblastda yirtqichlardan viverralaming 10 ta avlodi uchraydi. Sirtlonlar keng tarqalgan bo‘lib, sanitarlik rolini bajaradi. B o‘rilar uchramaydi va ulaming о ‘mini oblast uchun endemik sanalgan sirt lonsimon itlar - Lycaon pictus egallaydi. Tulkilar keng tarqalgan, sher, gepard, qoplon va boshqa may da mushuklar kam boiishiga qa ramasdan, ulaming tarqalish areallari Afrikadan tashqariga chiqadi. Afrika y o w o y i mushugi xonaki mushuklar zotining ajdodlaridan biri bo‘lgan. Kemiruvchilardan jayralar, olmaxonlar, uzunoyoqlar, kalamush- lar, tog‘ sichqonlari va boshqalar uchraydi. Hasharotxo‘rlaming 3 ta endemik oilasi tarqalgan bo‘lib, ulardan 30 ta tumi o ‘ziga birlashtir gan, qumli cho‘llarda va Janubiy Afrikaning quruq dashtlarida ya shaydigan tilla rang krotlar oilasi (junining tilla rangda tovlanishi sababli shunday nom olgan) hasharotxo‘rlar turkumiga mansub en demiklar sanaladi.