va (Gymnarchidae) lar yashaydi. Gymnarchidae o ‘zidan elektr im- pulslari chiqarish xususiyatiga ega. Xuddi shunday xususiyat elektr laqqalari (Malapteruridae) uchun ham xos bo‘lib, ular Nil va Kongo suvliklarida yashaydi. Laqqalar keng tarqalgan bo‘lib, ulaming 6 ta oilasi va 250 ta turi bor. Afrikada chuchuk suv baliqlarining keng tar- qalganligi oblastning Janubiy Amerika yoki Indo-Malay oblasti bilan aloqada bo‘lganligini tasdiqlaydi. Bu oblastning tropik hududlarida losossimonlar va cho‘rtanlar uchramaydi. Efiopiya oblastining umurtqasizlar faunasi tarkibida turlar soni juda ko‘p bo‘ladi va shu sababli ulaming umumiy xususiyatlarinigina tavsiflash maqsadga muvofiq. Bu yerda qadimgi kenja oila Isometri- nae va Scorpionidae oilalariga mansub bo‘lgan chayonlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ulardan biri imperator-pandinusning kattaligi 16 sm ga yetadi. Solpuglar butun Afrika bo‘ylab tarqalgan. 0 ‘rgimchaklardan yirik zaharli qushxo‘rlar (Theraphosa) va boshqalar juda turli-tuman. Yirik ko‘poyoqlar (kivsyaklar) mahalliy aholi tomonidan ovqatga ishlatiladi. Kattaligi 26 sm gacha yetadigan zaharli skolopendlar juda ko‘p sonda uchraydi. Afrikaning nam o ‘rmonlarida o ‘simliklaming qoldiqlarini parcha lovchi 500 turdagi termitlaruchradi. Ulaminguyalariyirikzambumg‘ni eslatadi. Daraxtlaming bu joyda mavjudligini ta’minlashda tuproqni chirindiga boyitadigan va o ‘simlik qoldiqlarini parchalab, qulay sha roit yaratadigan termitlar muhim foydali jonivorlar sanaladi. Savan nalarda ham termitlar uchraydi, ammo ulaming uyalari boshqacha tuzilishga ega bo‘lib, balandligi 2 -6 metrli konusni eslatadi. Bunday uyalardan savannadagi boshqa hayvonlar ham boshpana sifatida foy