dalanishadi yoki termitlami ovlashadi (naytishlar). Chigirtkalar fau nasi tarkibida turlar soni juda ko‘pligi bilan ajralib turadi. Ular orasida gala holida yashovchilari ham bor. Jumladan, shistotserka minglab km ga tarqaluvchi va o ‘z y o ‘lida uchrovchi barcha o ‘simliklami qimvchi turdir. Qo‘ng‘izlardan Afrikaning cho‘l mintaqasida uchrovchi qora qo‘ng‘izlar (Tenebrionidae) ustunlikka ega. 0 ‘rmonlarda esa uzun- ligi 10-11 sm keladigan goliaflar, bug‘u qo‘ng‘izlar, m o‘ylovdorlar 94
va boshqalar keng tarqalgan. Uyqu kasalligini keltirib chiqaruvchi se- se pashshasi ham Efiopiya faunasiga xos turdir. Sharqiy va Markaziy Afrikada uyqu kasalligi va undan qolishmaydigan nagana kasalligi tarqalgan va shu sababli bu joylarda otlami saqlash va chorvachilikni yuritish foydasiz soha sanaladi. Kunduzgi kapalaklar nisbatan kam va ular uchun ko‘rkam ranglar ham xos emas. Yer yuzasida yashovchi mollyuskalardan o ‘zining yirikligi bilan ajralib turuvchi axatina avlodiga mansub turlar keng tarqalgan. Ail lyidae oilasiga mansub mollyuskalar faqat Efiopiya faunasiga xosdir. Efiopiya oblastini landshaftlarining xususiyatlariga, o ‘simlik qop- lamlarining o ‘ziga xosligiga va faunasining muvofiqligiga ko‘ra 3 ta hududga ajratish mumkin: Sharqiy Afrika, G‘arbiy Afrika va Janubiy Afrika. Sharqiy Afrika materikning katta qismini, Saxara cho ‘ lining janu bini va janubiy tropikkacha bo‘lgan maydonni egallaydi. Bu yerda savannalar va tizma tog‘lar landshafiti shakllangan. Afrika savannalari tashqi ko‘rinishi bilan Yevrosiyodagi o ‘rmon dashtlariga o ‘xshaydi. Xilma-xillik o ‘tchil o ‘simliklarda nisbatan kam, daraxtlarda esa ak