0 ‘rmonning o ‘rta va yuqori yaruslari turli fitofaglar bilan egallangan bo‘lib, ular o ‘simliklaming tirik massasi bilan oziqlanadi. Fitofag va saprofaglarga qaraganda, zoofaglar pog‘onalar bo‘yicha birmuncha tekis tarqalgan va ular yirtqichlar, hasharotxo‘r qushlar, yirtqich umurtqasizlar, ektoparazit lar, endoparazitlar va boshqalardan tashkil topadi. Afrika gileyalarida yashovchi maymunlar fitofaglaming katta guruhini tashkil etadi. Ulardan, ayniqsa, kolobuslar (qirol kolobusi, 97
qora-qizil kolobus, yashil kolobus) va turli martishkalar (diana mar- tishkasi, mono martishkasi) xarakterli turlardir. Gileyalarda gorillalar, shimpanze va chala maymunlar (galago, potto) ham uchraydi. Bu yerda tuyoqlilar kam va ularga cho‘tka quloqli cho‘chqa, yirik o ‘rmon cho‘chqasi, bongo antilopasi va pakana suv ayg‘irini hamda tuyoqlilaming juda mayda vakillarini misol qilish mumkin. Tuyoqli laming mayda vakillarini balandligi atigi 40 sm atrofida bo‘lib, mas- sasi 10-15 kg (Afrika bug‘uchasi va bir necha turdagi dukerlar)ga yetadi va ular ozuqa sifatida nafaqat o ‘simliklardan, balki mayda hay- vonlardan ham foydalanadi. Shu kabi oziqlanish ayrim kemimvchilar uchun ham xos (botqoq kalamushi, dag‘al junli sichqonlar va boshq.). Tipik zoofaglarga pangolinlar yoki yashchurlar, qoplonlar, viverralar va yerqazarlami kiritish mumkin. Afrika gileyalarida o ‘simliklar bilan oziqlanuvchi qushlar turli- tuman bo‘lib, ularga tovuslar, turako yoki bananxo‘rlar, karkidon qushlar va boshqalar misol bo‘ladi. Kaptarlar, to‘tilar (kul rang jako), hayoti suv bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘ktarg‘oqlar, martishka