va ayrim hududlarda ular butunlay y o ‘qolib ketdi. Endilikda Efi opiya faunasining tipik vakillari yirik m illiy bog‘larda muhofaza qilinmoqda. Sirtlonlar oilasiga mansub bo‘lgan yer bo‘risi va qo‘ng‘ir sirtlon kabi juda kamayib ketgan turlar xalqaro muhofazaga olingan. Janubiy Amerika va Avstraliyaning ko‘pgina rayonlaridagi kabi Afrikada ham inson va hayvonot dunyosi yonma-yon yashab kelmoq- da. Bunday munosabatni ko‘pchilik hollarda mazkur rayonlarda aholi zichligining siyrakligi va ov samarasining pastligi bilan izohlashga harakat qilishadi, haqiqatda esa bu yerlik qabilalar haddan ziyod ov qilishdan o ‘zlarini cheklab turishadi va bunga qat’iy amal qilishadi. Bunday ov xulqi hayvonot dunyosini muhofaza qilishda eng samarali usullardan biridir. Afrika faunasining antropogen omillar ta’sirida o ‘zgarish sa bablaridan biri, bu yerga zamonaviy ovning kirib kelishidir. Kelgindi ovchilaming noqonuniy ov faoliyatidan Afrika materigidagi juda ko‘p hayvon turlari qirilib ketgan. Ular har yili chet mamlakatlarga 10 minglab jirafa, zebra, buyvol va sherlaming terilarini yuborib tu- rishgan. Fil suyaklari uchun ov qilish esa odatiy tusga aylangan. 0 ‘rmonlaming kesilishi va ayniqsa, Afrikaning qurg‘oqchil savan nalarida chorvachilikning rivojlanishi ham fauna tarkibida turlaming kamayishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillardan biridir. 1930-yillarda uyqu kasalligini bartaraf etish maqsadida, Afrikaning janubiy qismida yuz minglab (har yili 20-30 ming) yirik hayvonlar qirib yuborilgan. Ammo kasallikni tarqatuvchi se-se pashshasining boshqa mayda hay vonlar (qushlar va mayda sutemizuvchilar) qoni bilan ham oziqlanishi ilmiy asoslanmagan va oqibatda ko‘pchilik hayvonlaming qirilib ke