Cho‘llar suvsiz, Kalaxarida nisbatan ko‘p. Cho‘l mintaqalari uchun xos bo‘lgan namlikning yetishmasligi, haroratning kuchli tebranishga egaligi, yorugiik darajasining yuqoriligi, substratning o ‘ziga xosligi va boshqa ekologik omillar hudud hayvonot dunyosining tarkibi va zichligida o ‘z aksini topgan. Bu yerda sutemizuvchilaming ayrim avlod va turlari keng tar qalgan. Oltin rang krotlar va uzun oyoqlilar oilalarining bir qancha turlari uchraydi. Tuyoqlilar esa bu yerga yaqinda kirib kelgan suben demik turlardan iborat bo‘lib, ularga topi, bontbok, oq dumli gnu, кар oriksi va springbok kabi antilopalami misol qilish mumkin. Endemik avlodlar viverralar va kemimvchilar orasida ham uchraydi. Endemik turlarga tog‘ zebrasi, burchellov zebrasi, qo‘ng‘ir giena va boshqa tur- lami kiritish mumkin. Quxuqlik toshbaqalari orasida faqat mazkur hududda tarqalgan, uzunligi 12 sm gacha b o‘lgan bir qancha mayda turlari uchraydi. Ilonlaming yer yuzasida va uya qazib yashashga moslashgan turli- tuman turlari qayd etiladi. Xenoms baqalari, tukli baqa va tor og‘izli baqalardan uya qazib yashashga moslashgan cho‘chqa baqa tarqalgan. Umurtqasizlar faunasi turli-tuman bo‘lib, ularga endemik solpug lar, qanotsiz chigirtkalar, bug‘u qo‘ng‘izlar (Chiastognathidae) va bir- lamchi traxeyalilar (Protracheata)ni misol qilish mumkin. Efiopiya faunasining antropogen omillar ta’sirida o ‘zgarishi va uni muhofaza qilish chora-tadbirlari. Efiopiya faunasi keyingi 100 yillikda insonning turli-tuman ta’sirlaridan kuchli ziyon ko‘rdi. Ay 99